Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+19°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Taftan vulqoni Eron janubida qayta faollashmoqda

Dunyo
60
Taftan vulqoni Eron janubida qayta faollashmoqda
Eronda ilgari so‘ngan deb hisoblangan Taftan vulqoni qayta faollashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda joriy yilning 7-oktyabrida “Advancing Earth and Space Sciences” ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotda ma’lum qilindi. Mutaxassislar Taftan vulqoni 710 ming yil davomida harakatsiz holatda bo‘lganini ta’kidlaydi, biroq yangi tadqiqot natijalari uning faoliyatida o‘zgarishlar yuzaga kelganini ko‘rsatmoqda.

Sputnik kuzatuvlari natijasida 2023-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda vulqon cho‘qqisi taxminan 9 santimetrga ko‘tarilgani aniqlangan. Bu yer ostidagi bosim va magmaning harakati kuchayganidan darak beradi.

Taftan tubida issiq suyuq moddalar va gazlar to‘planishi yoki magmaning yer yuzasiga yaqinlashishi vulqonning qayta faollashishiga sabab bo‘lishi mumkin. 2024-yilda mahalliy aholi vulqon atrofida tutun va kul chiqindilarini ham kuzatgan, bu esa vulqonda jonlanish borligini ko‘rsatadi.

Tadqiqot rahbari, vulqonolog Pablo Gonsales Taftanni “so‘ngan” emas, balki “harakatsiz” holatdagi vulqon deb atash to‘g‘ri ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, yer osti bosimi o‘sishda davom etmoqda va bu kelajakda sezilarli energiya chiqishiga olib kelishi mumkin.

Gonsalesning hisob-kitoblariga ko‘ra, vulqon teshiklaridan kuniga taxminan 20 tonna gaz – oltingugurt dioksidi, suv bug‘i, vodorod sulfidi va ftorid vodorodi chiqmoqda. Bu ko‘rsatkich vulqonning faol jarayonlar markazida ekanini tasdiqlaydi.

Taftan vulqoni dengiz sathidan taxminan 4000 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, Eronning janubi-sharqidagi Siston va Balujiston viloyatlarida, Pokiston bilan chegaradosh hududda joylashgan. Eng yaqin yirik shahar Zahedan vulqondan 160 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Olimlar aholini ortiqcha xavotirga tushmaslikka chaqirmoqda. Hozircha portlash yoki katta energiya chiqishi alomatlari kuzatilmayapti, biroq Eron rasmiylari vulqon faoliyatini doimiy nazoratda ushlab turishi zarur.

Shu yil boshida Indoneziyada faol vulqon otilishi aviaqatnovlar to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan edi. Mutaxassislar fikricha, geologik jarayonlarning faollashuvi global iqlimga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026