Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 0 м/с, СВ
ENRU

Vengriya Putinni hibsga olmaslikka qaror qildi

Dunyo
34
Vengriya Putinni hibsga olmaslikka qaror qildi
Vengriya hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Budapeshtga tashrifi chog‘ida Xalqaro jinoiy sudning hibsga olish orderi asosida uni ushlamaslikni ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya Putinni qabul qilishga tayyor va muzokaralar uchun tinch hamda xavfsiz muhit yaratishga intiladi.

Vazir jurnalistlarga bergan intervyusida, Vladimir Putinning Budapeshtda muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazib, tinch qaytishi haqida qayg‘urishini ta’kidladi. Shuningdek, Siyyarto Vengriyaning Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga tayyor ekanini bildirdi.

U mamlakat tashqi bosimlarga bo‘ysunmasligini va Vengriyaning suveren davlat ekanligini qayd etdi. Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti Donald Tramp 16 oktyabr kuni Rossiya prezidenti bilan Budapeshtda uchrashish niyatida ekanligini aytgan, ammo aniq sana hali belgilanmagan.

Vengriya 1999 yilda Xalqaro jinoiy sudni tashkil etuvchi Rim statutiga qo‘shilgan va ikki yil o‘tib uni ratifikatsiya qilgan. Biroq 2023 yilda mamlakat rasmiylari Putinning Budapeshtga tashrifi davomida uni hibsga olmaslik qarorini e’lon qildi.

2025 yilda esa Vengriya Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni ham taklif qilgan, unga nisbatan ham Xalqaro jinoiy sud orderi mavjud. Shu fonada Vengriya xalqaro suddan chiqish niyatini bildirgan, ammo bu jarayon hanuz to‘liq yakunlanmagan.

Putinning so‘nggi xalqaro safarlari ham Xalqaro jinoiy sud orderiga qaramay erkin o‘tgan. U 2024 yil sentabrda Mo‘g‘ulistonga, 2025 yil oktabrda esa Tojikistonga tashrif buyurgan.

Har ikki davlat Rim statutini ratifikatsiya qilgan bo‘lsa-da, Putinning hibsga olinishi yuz bermagan. Mutaxassislar fikricha, Vengriyaning mazkur pozitsiyasi G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga qaratilgan siyosiy qadamdir.

Mamlakat Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lishiga qaramay, Moskva bilan muloqotni uzishni istamaydi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026