Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Tramp va Zelenskiy dron hamkorligini muhokama qildi

Dunyo
14
Tramp va Zelenskiy dron hamkorligini muhokama qildi
Vashingtondagi Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uchrashuv davomida asosan Ukrainadagi urush, qurol-yarog‘ masalalari va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tramp matbuotga bergan bayonotida Ukrainaga Tomahawk qanotli raketalarini yetkazib berish masalasiga to‘xtalar ekan, bunday kuchli qurollardan foydalanishga hojat qolmasligiga umid bildirdi.

U jarayonni soddalashtirishga harakat qilayotganini, urushni Tomahawksiz ham tugatish mumkinligini ta’kidladi. Zelenskiy esa zamonaviy urushni texnologik mojaro deb atab, mamlakatga ko‘proq dronlar kerakligini aytdi.

Unga ko‘ra, Ukraina nafaqat qurol-yarog‘, balki yangi texnologiyalar sohasida ham ehtiyoj sezmoqda. Shuning uchun AQSh bilan birgalikda dron ishlab chiqarishni taklif qildi.

Tramp bu taklifni ijobiy qabul qilib, AQShning dron texnologiyalariga qiziqishi yuqori ekanini qayd etdi. Uning fikricha, dronlar urushni tugatishda tez va samarali vosita bo‘lishi mumkin.

U Tomahawk raketalaridan ko‘ra dronlarni afzal ko‘rishini bildirdi. Prezident Tramp shuningdek, Rossiya rahbari Vladimir Putinning urush tugashini istashini aytdi va Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv ehtimol Zelenskiysiz o‘tishini ma’lum qildi.

Oldinroq Tramp Rossiya bilan muzokaralar samara bermasa, Ukrainaga raketalar yetkazilishi mumkinligini bildirgan edi. Moskva esa Ukrainaga Tomahawk raketalarining berilishiga qat’iyan qarshi chiqmoqda.

Vladimir Putin bu qurollarning jang maydonidagi vaziyatni tubdan o‘zgartirmasligini, ammo AQSh va Rossiya munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Uchrashuvdan so‘ng ikki davlat delegatsiyalari ikki tomonlama hamkorlik va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirdi.

Bu uchrashuv siyosiy va iqtisodiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholandi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026