ENRU

Germaniyada birinchi vertikal quyosh stansiyasi ishga tushdi

Dunyo
15
Germaniyada birinchi vertikal quyosh stansiyasi ishga tushdi
Germaniyaning SINN Power kompaniyasi dunyodagi birinchi vertikal suzuvchi quyosh elektr stansiyasini ishga tushirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Loyiha Bavariya hududida amalga oshirilgan bo‘lib, uning quvvati 1870 kilovattni tashkil etadi. Yillik energiya ishlab chiqarish hajmi esa 2 million kilovatt soatga teng.

Ushbu ko‘rsatkich yuzlab xonadonlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi. Stansiyaning asosiy yangiligi Skipp-Float nomli tizimda namoyon bo‘ladi.

Bu tizim orqali quyosh panellari vertikal holatda o‘rnatiladi. Bunday joylashuv quyosh nurini kunning ertalab va kechki paytlarida ham samarali qabul qilish imkonini yaratadi.

Natijada elektr energiyasi ishlab chiqarish barqaror va yuqori darajada bo‘ladi. Shuningdek, ushbu texnologiya suv muhitiga zarar yetkazmaydi.

Tizim suv havzasining atigi 4,65 foizini egallaydi. Bu esa ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Shu bilan birga, loyiha atrof-muhitni himoya qilish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion yechim sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32