Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

G‘azoda tinchlikdan keyin hujumlar davom etmoqda

Dunyo
10
G‘azoda tinchlikdan keyin hujumlar davom etmoqda
G‘azo hukumati matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tinchlik kelishuvining imzolanishidan keyin Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumlar natijasida 38 nafar fuqaro halok bo‘lgan, yana 143 kishi jarohat olgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bayonnomada qayd etilishicha, G‘azo sektorida urush tugagani e’lon qilinganidan beri Isroil tomonidan 47 ta qonunbuzarlik sodir etilgan. Bir kun oldin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tinchlik kelishuvi mavjudligiga qaramasdan, mamlakat G‘azodagi barcha maqsadlariga erishishda davom etishini, xususan, HAMASni to‘liq yo‘q qilish niyatidan voz kechmasligini bildirgan edi.

Shuningdek, AQSH prezidentining tashabbusi bilan HAMAS va Isroil o‘rtasida tinchlik muzokaralarini boshlash bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yilgan. Shu vaqt mobaynida HAMAS asirlarni va halok bo‘lganlarning jasadlarini Isroilga topshirgan, Isroil esa qo‘shinlarini xavfsiz hududlarga olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni Misrning Sharm ash-Shayx shahrida o‘tgan “Tinchlik sammiti” doirasida AQSH prezidenti Donald Tramp, Misr rahbari Abdulfattoh as-Sisi, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy G‘azodagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan hujjatni imzolagan. Ushbu hujjat mintaqadagi tinchlik jarayonini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026