Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+25°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

AQShda Tramp siyosatiga qarshi millionli namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Dunyo
13
AQShda Tramp siyosatiga qarshi millionli namoyishlar bo‘lib o‘tdi
18 oktyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu aksiyalar mamlakat Prezidenti Donald Trampning avtoritar boshqaruv uslubi va korrupsiyaga moyil siyosatiga qarshi yo‘naltirilgan edi. Tashkilotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, 2700 dan ortiq joyda mitinglar tashkil etilgan bo‘lib, ularda taxminan yetti milliondan ziyod odam ishtirok etdi.

Eng katta namoyishlar Vashington, Nyu-York va Chikago shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar “Qirol yo‘q”, “Demokratiya uchun” va “Boylar davlatni egallab olmoqda” kabi shiorlarni ko‘tarib chiqishdi.

Aksariyat namoyishlar tinch tarzda o‘tdi, politsiya tomonidan hibsga olish yoki to‘qnashuv holatlari qayd etilmadi. Mitinglar Indivisible harakati tashabbusi bilan tashkil etildi.

Harakat rahbari Liya Grinberg “Biz faqat tinch yo‘l bilan fikrimizni ifodalashni xohlaymiz. AQShda hech qachon qirol bo‘lmagan va bo‘lmas ham”, deb ta’kidladi.

Mutaxassislar bu noroziliklarni Tramp ma’muriyatining siyosatiga nisbatan ortib borayotgan nafrat belgisi sifatida baholamoqda. Ayniqsa, muxoliflarga qarshi jinoiy ta’qiblar, qochqinlarga nisbatan qattiq choralar va shaharlarda tartibni saqlash uchun Milliy gvardiya qo‘shinlarining jalb qilinishi xalqning sabrini sinamoqda.

Respublika partiyasi vakillari esa ushbu namoyishlarni “Amerikaga qarshi nafrat namoyishi” deb atab, Tramp ma’muriyatini tanqid qilayotgan muxoliflarning mamlakatdagi siyosiy beqarorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Namoyishlar hukumatning bir qator federal idoralari faoliyati to‘xtab qolgan, minglab davlat xizmatchilari maoshsiz ta’tilga chiqarilgan vaziyatda o‘tkazildi.

Bu holat jamiyatdagi norozilik kayfiyatini yanada kuchaytirib, iyun oyidagi shunga o‘xshash chiqishlardan keyingi ikkinchi to‘lqin bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026