Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+6°
ясно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Shar’a Moskvaga tashrif bilan yangi kelishuvlar izlaydi

Dunyo
39
Shar’a Moskvaga tashrif bilan yangi kelishuvlar izlaydi
Suriyada siyosiy jarayonlar yana jonlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’a 15 oktyabr kuni Moskvaga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu tashrif Moskva va Damashq o‘rtasidagi aloqalarga yangi mazmun berishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Uchrashuvda Shar’a Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Suriyadagi sobiq rejim tomonidan imzolangan barcha kelishuvlar saqlanib qolishini bildirdi. Shuningdek, Rossiya qo‘shinlarining Tartus va Xmeymimdagi harbiy bazalarini tark etish masalasi ko‘tarilmasligi aytildi.

Bu bazalar Rossiyaning Yaqin Sharqdagi strategik nuqtalari va Afrikadagi operatsiyalari uchun muhim logistika markazlari hisoblanadi. Manbalarga ko‘ra, muzokaralar davomida Shar’a 2024 yilda hokimiyatdan ag‘darilgach, Rossiyaga qochib ketgan Bashar Asadning ekstradisiyasini so‘ragan.

Suriyada u uchun rasmiy hibsga olish orderi chiqarilgan. Kreml esa bu masalaga izoh bermay, “bu kontekstda xabar beriladigan hech narsa yo‘q” deb javob berdi.

Bashar Asad ilgari Rossiyaning asosiy ittifoqchisi bo‘lgan. Moskva uni 2011 yildagi fuqarolar urushi vaqtida hokimiyatda saqlab qolgan.

2024 yil dekabrida esa Rossiya unga siyosiy faoliyatni to‘xtatish sharti bilan boshpana bergan. Hozirda Asadlar oilasi Moskva shahrida yashamoqda va 18 ta kvartiraga egalik qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Suriyadan kamida 250 million dollar naqd pulni Rossiya banklariga joylashtirgan. Bashar Asadning rafiqasi Asma va farzandlari Hofiz, Zayn va Karim ham Rossiyada yashaydi.

Hofiz Moskva davlat universitetini tamomlagan va otasining hokimiyatdan chetlatilishidan biroz oldin nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bashar Asadning ukasi Mohir Asad ham Moskvada istiqomat qiladi.

U ilgari Suriya armiyasining elita bo‘linmasi hisoblangan to‘rtinchi zirhli diviziyaga rahbarlik qilgan. Keyinchalik uning nomi giyohvand moddalar ishlab chiqarish va sotishni nazorat qiluvchi davlat narkokartelining rahbari sifatida tilga olingan.

Boshqa manbalarga ko‘ra, Bashar Asad Moskvada ko‘p vaqtini videoo‘yinlar o‘ynashga sarflaydi. Ukasi Mohir esa Four Seasons mehmonxonasida yashab, vaqtini choy ichish bilan o‘tkazadi.

The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Asad rejimi qulaganidan so‘ng Rossiyaga taxminan 1200 nafar sobiq suriyalik harbiy ofitser ko‘chib kelgan. Ular asosan alaviy mazhabiga mansub bo‘lib, Suriya mudofaa vaziri Ali Ayyub, uning o‘rinbosari Ali Abbos va harbiy razvedka rahbari Kamol al-Hassan kabi shaxslarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu shaxslar fuqarolar urushi paytida shaharlarni o‘qqa tutish va kimyoviy qurol ishlatish bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda. Shuningdek, Asadning “Baas” partiyasidagi Milliy xavfsizlik byurosining sobiq rahbarlari Ali Mamluk va Kifo Malham ham Rossiyada yashaydi.

Mohir Asad va boshqa zobitlar 2012 yilda Daro shahridagi qirg‘in uchun ham javobgar hisoblanadi. O‘shanda besh kun ichida 700 dan ortiq fuqaro halok bo‘lgan.

Hozirda Moskvada yashovchi yana bir shaxs Suhayl al-Hassan bo‘lib, u Asad armiyasining maxsus kuchlariga rahbarlik qilgan va Idlib hamda Halabdagi kimyoviy hujumlarda ishtirok etgani aytiladi. Ekspertlar fikricha, Rossiya hozir Suriyaning yangi rahbariyati bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqda, ammo Asad rejimi qoldirgan siyosiy meros mamlakat kelajagi uchun katta muammo bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026