ENRU

Dubay 2050-yilgacha energiyani toza manbalardan oladi

Dunyo
9
Dubay 2050-yilgacha energiyani toza manbalardan oladi
Dubay 2050-yilga qadar energiyaning yuz foizini toza manbalardan olishni maqsad qilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tashabbus Birlashgan Arab Amirliklarining “Net Zero by 2050” strategiyasiga asoslanadi. Reja nafaqat atrof-muhitni asrash, balki iqtisodiy o‘sish va texnologik rivojlanishni ham qo‘llab-quvvatlashni ko‘zlaydi.

Loyiha doirasida Dubay Elektr va Suv Taminoti Idorasi muhim rol o‘ynamoqda. U energiya ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar asosida isloh etmoqda.

Sun’iy intellekt Dubayning energiya tizimini samarali boshqarishda katta yordam bermoqda. DEWA dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellekt boshqaruvidagi gaz turbinasini ishga tushirdi.

Bu texnologiya yoqilg‘i sarfini kamaytirib, chiqindilarni qisqartirishga xizmat qiladi. Shuningdek, “Rammas” nomli virtual yordamchi orqali millionlab foydalanuvchilar xizmatlardan foydalanmoqda.

Dubayda ilmiy tadqiqotlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Quyosh Parkidagi Innovatsiya markazida energiya saqlash, vodorod ishlab chiqarish va chiqindidan energiya olish kabi yo‘nalishlarda izlanishlar olib borilmoqda.

Ushbu tadqiqotlar kelajakda barqaror energiya tizimini yaratishga yordam beradi. Dubayning toza energiyaga o‘tish tashabbusi butun dunyo uchun ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shahar ekologik xavfsizlikni ta’minlab, yashil texnologiyalar orqali iqtisodiy o‘sishni jadallashtirmoqda. Agar reja amalga oshsa, Dubay 2050-yilga kelib dunyodagi eng barqaror va ekologik toza shaharlar qatoriga kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32