Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

AQSHda 43 yil qamalgan Vedam ozod qilindi

Dunyo
45
AQSHda 43 yil qamalgan Vedam ozod qilindi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida odam o‘ldirish aybida nohaq qamalib, 43 yil davomida qamoqda o‘tgan Subramanyam Vedam nihoyat ozodlikka chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Biroq uning erkinligi uzoq davom etmadi, chunki u immigratsiya nazorati tomonidan hibsga olindi va Hindistonga deportatsiya qilinishi mumkinligi bildirilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vedam oktyabr oyida yangi dalillar asosida sobiq xonadoshining o‘limi bo‘yicha aybsizligi isbotlandi. Ammo ozodlikka chiqishidan oldin AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xodimlari tomonidan hibsga olindi.

U Hindistonga qaytarilishi ehtimoli mavjud, chunki u AQSHda qonuniy doimiy rezident bo‘lsa-da, 1988-yildagi sud hukmi tufayli deportatsiya ro‘yxatiga kiritilgan. 1980-yilda 19 yoshli talabasi Tom Kinser bedarak yo‘qolgan va uning bosh suyagi o‘q jarohati bilan topilgach, Vedam ayblov ostiga olinib, 1982-yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

U o‘z begunohligini doim ta’kidlab kelgan va oilasi jinoyatga oid qat’iy dalil yo‘qligini bildirgan. Yangi texnologiyalar yordamida o‘tkazilgan ekspertizalar va DNK tahlillari uning aybsizligini tasdiqladi.

Vedam to‘qqiz oyligida ota-onasi bilan AQSHga ko‘chib kelgan, shu yerda o‘sib-ulg‘aygan va fuqarolik olish uchun ham ariza bergan. Uning advokati Ava Benach uni deportatsiya qilish qarorini keskin tanqid qilib, bu inson hayotidagi adolatsizlikni yanada kuchaytirishini ta’kidladi.

Bu holat Amerika sud tizimidagi eng uzoq davom etgan nohaq qamoq holatlaridan biri sifatida tarixga kirishi mumkin. Vedamning taqdiri hozirgi kunda ham hal qilinmagan bo‘lib, uning oilasi va huquq himoyachilari adolat uchun kurashni davom ettirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026