Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Zelenskiy Budapesht sammitida qatnashishga tayyorligini bildirdi

Dunyo
16
Zelenskiy Budapesht sammitida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSH va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putin o‘rtasida Budapeshtda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuvda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

NBC News xabariga ko‘ra, Zelenskiy jurnalistning “Siz sammitda qatnashishga tayyormisiz?” degan savoliga ijobiy javob berdi. U Oq uydagi uchrashuvda AQSH prezidentiga ham bu haqda aytgani va har qanday formatda ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Zelenskiy Ukrainasiz haqiqiy tinchlik kelishuvi imkonsizligini qayd etdi. Unga ko‘ra, adolatli va barqaror tinchlik uchun har ikki tomonning ishtiroki zarur.

“Bizsiz qanday kelishuv bo‘lishi mumkin?” degan savolga prezident aniq javob berdi. Rossiya bilan urushni to‘xtatish maqsadida Ukraina hududining bir qismini berish mumkinmi, degan savolga Zelenskiy qat’iy rad javobini berdi.

U urushni zudlik bilan to‘xtatmoqchi bo‘lsak, o‘z hududimizda qolishimiz kerakligini, Putinga hech qanday hudud yoki imtiyoz berilmasligini ta’kidladi. Shuningdek, Ukraina rahbari frontdagi vaziyat haqida gapirar ekan, urushda Ukraina yutqazmayotgani, ammo Rossiyaning ham g‘alaba qozonmayotganini bildirdi.

So‘nggi haftalarda Moskva tinch aholiga qarshi havo hujumlarini kuchaytirganini aytdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Putin qish mavsumida Ukrainada energiya inqirozini yuzaga keltirish maqsadida havo hujumlarini oshirmoqda.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning ma’lum qilishicha, Vashington Zelenskiyning Budapeshtdagi uchrashuvda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaydi. 17-oktyabr kuni Tramp Vashingtonda Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

AQSH prezidenti Ukraina rahbari sammitga kelmasligi mumkinligini aytgan, ammo ular doimiy aloqada bo‘lib turishadi. Natijada, Kiyev va Vashington o‘rtasida diplomatik faollik kuchaymoqda.

Zelenskiyning tinchlik muzokaralariga tayyorligi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish uchun muhim qadam sifatida baholanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026