Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Tramp va Zelenskiy uchrashuvida keskin tortishuv yuz berdi

Dunyo
24
Tramp va Zelenskiy uchrashuvida keskin tortishuv yuz berdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy bilan o‘tgan uchrashuvda keskin munozaralar olib bordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Muzokara vaqtida Tramp jang xaritasini stoldan uloqtirdi. The Financial Times manbalariga ko‘ra, 17 oktyabr kuni o‘tgan uchrashuv asabiy va tortishuvli muhitda kechgan.

Tramp bir necha bor ovozini ko‘targan va doimiy ravishda so‘kingan. Unga ko‘ra, Ukraina tomoni jang maydonidagi vaziyatni to‘liq nazorat qila olmayapti.

Uchrashuvda Zelenskiy olib kelgan jangovar xaritalar Trampning fikrini o‘zgartirmadi. U front chizig‘i aks etgan xaritani stoldan uloqtirib, bunday narsalarni ko‘rishdan zerikkanini bildirdi.

Manbalarga ko‘ra, Tramp Kiyevdan butun Donbass hududini Rossiyaga berishni va Moskva bilan kelishuvga erishishni talab qilgan. Shuningdek, u Zelenskiyni og‘ir ogohlantirib, “Agar Putin istasa, sizni yo‘q qiladi” degan.

16 oktyabr kuni Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgan. The Washington Post xabariga ko‘ra, Putin Donesk ustidan to‘liq nazoratni tan olish evaziga Zaporijjya va Xerson viloyatlarining bir qismini Ukrainaga qaytarishni taklif qilgan.

Iyunda Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda esa Rossiya tomoni Ukraina qo‘shinlarini ba’zi viloyatlardan chiqarish yoki ularning qayta joylashishini taqiqlash bo‘yicha ikki variantli memorandum taqdim qilgani ma’lum. The Financial Times ta’kidlashicha, uchrashuv davomida Tramp Putin bilan bo‘lgan suhbatdagi fikrlarni takrorlagan va Zelenskiyga ma’ruzalar qilgan.

Muzokaralardan so‘ng Ukraina prezidenti norozi bo‘lib, hissiy tushkunlikka tushgani xabar qilindi. Shu kuni Zelenskiy NBC News telekanaliga bergan intervyusida urushni to‘xtatish uchun har ikki tomon o‘z pozitsiyalarida qolishi kerakligini aytdi.

G‘arb nashrlari fikricha, Tramp mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishni qo‘llab-quvvatlaydi va Rossiya bilan kelishuvni harbiy harakatlarni to‘xtatishning yagona yo‘li deb hisoblaydi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026