Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 0 м/с, СВ
ENRU

Xomanaiy Trampning muzokara taklifini qat’iyan rad etdi

Dunyo
40
Xomanaiy Trampning muzokara taklifini qat’iyan rad etdi
Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy AQSH prezidenti Donald Trampning Eron bilan muzokaralarni qayta boshlash taklifini qat’iyan rad etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Xomanaiy o‘z bayonotida Trampning AQSH Eronning yadroviy salohiyatini yo‘q qilgani haqidagi iddaolari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

Uning fikricha, muzokaralar majburlash va tahdid asosida olib borilsa, bu haqiqiy bitim emas, balki bosim vositasidir. Eron rahbari Tramp o‘zini “bitimlar ustasi” deb atashiga qaramay, kelishuv tahdid va bosim ostida amalga oshirilsa, bu faqat qo‘rqitish va majburlash ekanini aytdi.

Shuningdek, u Trampning Eron yadroviy sanoati yo‘q qilinganligi haqidagi bayonotiga kulib, bu faqat orzu ekanini bildirgan. Xomanaiy ta’kidlaganidek, Eronning ilmiy va texnologik salohiyati saqlanib qolmoqda.

Ma’lumot uchun, avval Tehron va Vashington yadroviy dastur bo‘yicha besh marotaba bilvosita muzokara o‘tkazgan. Biroq iyun oyida Isroil va AQSH tomonidan Eron yadroviy obyektlariga zarba berilishi sababli muzokaralar keskin to‘xtatilgan va 12 kun davom etgan havo jangi bilan yakunlangan.

O‘tgan hafta Tramp Isroil parlamentida so‘zlaganida, G‘azoda HAMAS bilan sulhdan keyin AQSH Eron bilan tinchlik kelishuvi tuzishi mumkinligini aytgandi. Biroq G‘arb davlatlari Eronni yashirincha yadroviy qurol ishlab chiqarishda ayblab kelmoqda.

Tehron esa bu da’volarni rad etib, uran boyitish faqat fuqarolik energetikasi maqsadlariga qaratilganini bildiradi. Sentyabr oyining oxirida BMT Eronga qarshi sanksiyalarni qayta joriy etdi.

Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, Tehron 10 yil oldin tuzilgan uranni boyitish bo‘yicha kelishuv shartlarini buzgan. Shu sababli Xomanaiyning so‘nggi bayonoti Eron va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning yaqin kelajakda yumshash ehtimolini deyarli yo‘qqa chiqardi.

Eron rasmiylari bu pozitsiyani mamlakat mustaqilligi va milliy xavfsizligini himoya qilish uchun zarur chora deb hisoblamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026