ENRU

Nyu-Yorkda 41 yillik qotillik fosh etildi

Dunyo
33
Nyu-Yorkda 41 yillik qotillik fosh etildi
Ba’zan ilg‘or texnologiyalar yordamida hatto o‘tgan asrda sodir etilgan jinoyatlar ham fosh etilishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

AQShning Nyu-York shahrida sud-tibbiyot ekspertlari 1984 yildagi qotillik ishini ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu tergovda faqat bitta dalil — muzqaymoq tayoqchasi yordam berdi.

Fojia deyarli 41 yil oldin sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs Nyu-Yorkda yashovchi 16 yoshli Tereza Fuskoga hujum qilib, uni o‘ldirgan.

Keyinchalik sud uch erkakka ayblov e’lon qilgan, ular 2003 yilgacha hibsda saqlangan. Shunda DNK tahlili ularning jinoyatga aloqadorligini rad etgan edi.

Yillar o‘tib, tergovchilar ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qilishdi. Okrug rasmiylari 64 yoshli amerikalik Richard Bilodoni kuzata boshladi.

Mutaxassislar uning tashlab ketgan muzqaymoq tayoqchasini laboratoriyaga yuborishdi. Natijada, so‘lak qoldiqlaridan olingan DNK namunasi 1984 yilda qurbon Tereza Fusko tanasidan topilgan DNK bilan to‘liq mos keldi.

Richard Bilodo tezda qo‘lga olindi va o‘smir qizni o‘ldirishda rasman ayblandi. Hozircha u jinoyatga aloqadorligini rad etmoqda.

Okrug prokurorining yordamchisi Jared Rozenblattning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yilda hisob-kitob vaqti keldi. Ushbu holat ilg‘or texnologiyalar yordamida uzoq yillar oldingi jinoyatlar ham fosh etilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32