Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Jared Kushner G‘azo tinchligi ortida tijoriy manfaatlar bor

Dunyo
32
Jared Kushner G‘azo tinchligi ortida tijoriy manfaatlar bor
Buyuk Britaniyaning The Guardian nashri AQSH prezidenti Donald Trampning kuyovi va yaqin maslahatchisi Jared Kushner haqida yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Kushner G‘azo sektorida urushni to‘xtatishda vositachilik qilgan, biroq uning bu jarayon ortida katta tijoriy manfaatlari bo‘lishi mumkin. 10-oktyabr kuni ikki yil davom etgan va minglab falastinlik tinch aholi halok bo‘lgan G‘azo urushi yakunlandi.

Tramp Isroil parlamentida urushning to‘xtaganini e’lon qildi. Shu jarayonda Jared Kushner Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha vakili Stiv Uitkoff bilan birga muzokaralarda muhim rol o‘ynadi.

The Guardian ma’lumotlariga ko‘ra, Kushner boshqarayotgan Affinity Partners sarmoya fondi Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA kabi davlatlardan milliardlab dollar investitsiya olgan. G‘azo urushidan keyin anklavda qurilish va tiklanish ishlari boshlanishi kutilmoqda va aynan bu fond asosiy investor sifatida katta foyda ko‘rishi mumkin.

Sobiq diplomatlar jurnalistlarga aytishicha, Kushner va Stiv Uitkoff G‘azoda keng ko‘lamli rekonstruksiya dasturini ilgari surmoqda. Loyiha doirasida yangi turar joylar, mehmonxonalar va port qurilishi rejalashtirilgan.

Xalqaro siyosat markazi vitse-prezidenti Mett Dass bu holatni manfaatlar to‘qnashuvi deb atadi va Tramp hamda uning atrofidagilar tinchlik jarayonini biznes imkoniyat sifatida ko‘rayotgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Oq uy esa bu ayblovlarni rad etdi.

Prezident ma’muriyati vakili Kerolayn Levitt Jared Kushnerni dunyo bo‘ylab tinchlik uchun harakat qilayotgan inson sifatida himoya qildi. Jared Kushner 1981-yilda tug‘ilgan, 2009-yilda Donald Trampning qizi Ivankaga uylangan.

Kushnerlar oilasi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uzoq yillik yaqin munosabatlarga ega. Tramp prezidentligi davrida Jared Kushner Yaqin Sharq siyosatida muhim rol o‘ynagan.

Shuningdek, G‘azo aholisini Misr va Iordaniyaga ko‘chirish hamda anklavni “Yaqin Sharq Riverasi”ga aylantirish g‘oyasi aynan Jared Kushner tomonidan ilgari surilgani aytiladi. Bugun esa bu tinchlik rejasi ortida milliardlab dollarlik manfaatlar borligi savoli jahon miqyosida muhokama qilinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026