ENRU

Janubiy Koreyada maktabda qiz pichoqlandi, o‘qituvchi umrbod qamoqqa hukm qilindi

Dunyo
17
Janubiy Koreyada maktabda qiz pichoqlandi, o‘qituvchi umrbod qamoqqa hukm qilindi
Janubiy Koreyada jamoatchilikni larzaga solgan va butun mamlakatni g‘azabga keltirgan jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sud 8 yoshli qizni shafqatsizlik bilan pichoqlab o‘ldirgan maktab o‘qituvchisiga umrbod qamoq jazosini tayinladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 48 yoshli Myon Je Van joriy yilning fevral oyida o‘z shogirdi, Kim Xe Nul ismli 8 yoshli qizni sinf xonasiga aldab olib kirib, unga pichoq bilan hujum qilgan.

Bu voqea butun mamlakatda katta shok va g‘azab uyg‘otdi. Prokurorlar o‘lim jazosini talab qilgan bo‘lsa-da, sud ruhiy holatining zaifligi sababli bu talabni rad etdi va uni umrbod qamoq jazosi bilan jazoladi.

Sudda Myon Je Van o‘z aybini tan olib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi. U jinoyat sodir etilgan paytda ruhiy kasallik bo‘yicha davolanishda ekanini ta’kidladi.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, u voqeadan oldin ham agressiv xatti-harakatlar qilgan va maktab rahbariyati uni tekshiruvga olgan. Biroq u o‘sha kuni pichoq sotib olib, maktabga olib kirgan va yana bir bolani o‘ldirishni rejalashtirganini tan olgan.

Qizaloq uyiga qaytmagach, ota-onasi politsiyaga murojaat qilgan. Qidiruv natijasida bola maktab binosida pichoqlangan holda topilgan.

Ayblanuvchining bo‘ynida ham jarohat izlari bor edi, politsiya buni o‘z joniga qasd qilishga urinish deb baholadi. Sud qaroriga ko‘ra, Myon Je Van nafaqat umrbod qamoqqa hukm qilindi, balki 30 yil davomida elektron kuzatuv bilaguzuk taqib yurishi majbur qilindi.

Sud bayonotida aytilishicha, “Ayblanuvchi bolalar uchun eng xavfsiz joy bo‘lmog‘i kerak bo‘lgan maktabda o‘z shogirdining hayotini oldi. Bu nafaqat qonunga, balki insonlik tamoyillariga ham zid harakatdir.” Mamlakat rasmiylari hodisadan so‘ng maktablarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, psixologik tekshiruvlarni va o‘qituvchilar uchun ruhiy salomatlik nazoratini majburiy qilish masalalarini muhokama qilmoqda.

Bu voqea Janubiy Koreyada ta’lim tizimidagi psixologik bosim, ruhiy salomatlik va jamoat xavfsizligi haqida jiddiy muhokamalarni kuchaytirdi.

O‘xshash yangiliklar

Qirg'iziston o'zining ilk milliy sun'iy yo'ldoshini fazoga uchiradi
Qirg'iziston o'zining ilk milliy sun'iy yo'ldoshini fazoga uchiradi
Qirg‘iziston koinotni o‘zlashtirish va yuqori texnologiyalarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam tashlab, o‘zining ilk milliy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu
DunyoBugun, 01:23
Armaniston Rossiyaning arzon gazidan voz kechishga tayyorligini bildirdi
Armaniston Rossiyaning arzon gazidan voz kechishga tayyorligini bildirdi
Armaniston hukumati mamlakat suverenitetini saqlab qolish yo‘lida Rossiyadan yetkazib beriladigan arzon tabiiy gazdan voz kechishga tayyor ekanini rasman ma’lum qildi.
DunyoBugun, 00:34
Germaniyada imperator Adrian davriga oid noyob kumush tangalar topildi
Germaniyada imperator Adrian davriga oid noyob kumush tangalar topildi
Germaniyaning Vesseling shahri yaqinidagi ekin maydonida arxeologiya olami uchun g‘oyat noyob va qimmatli xazina aniqlandi. Mahalliy aholi vakili Oliver Ridl metall
DunyoBugun, 00:20
BMT Bosh Assambleyasida Netanyaxuning nutqi ommaviy boykot qilindi
BMT Bosh Assambleyasida Netanyaxuning nutqi ommaviy boykot qilindi
Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining navbatdagi majlisida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqi xalqaro miqyosdagi yirik diplomatik mojaro
DunyoKecha, 23:45
Rossiyada gripp va koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin ko'paydi
Rossiyada gripp va koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin ko'paydi
Rossiya hududida o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, gripp va koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin ko‘payishi kuzatilmoqda. Joriy yilning 38-haftasi
DunyoKecha, 03:18
Krishtianu Ronaldu muxlisini chetga surib yuborgani bahslarga sabab bo‘ldi
Krishtianu Ronaldu muxlisini chetga surib yuborgani bahslarga sabab bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu ishtirokidagi video lavha tarqalib, keng jamoatchilik o‘rtasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. Mazkur
DunyoKecha, 02:55