Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo hamkorligi kuchaymoqda

Dunyo
73
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo hamkorligi kuchaymoqda
20-oktyabr kuni Lyuksemburg shahrida Yevropa Ittifoqi komissarlari hamda Qora dengiz, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokida mintaqalararo muhim maslahat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uchrashuvda xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik va strategik aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilish Bryussel tomonidan Qora dengiz mintaqasiga oid yangi strategik yondashuv va Yevropa Ittifoqi hamda Markaziy Osiyo sammitining mantiqiy davomidir.

Unda Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Turkiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari qatnashdi. Yevropa Ittifoqi nomidan Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakil Kaya Kallas, kengayish masalalari bo‘yicha komissar Marta Kos hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissar Yozef Sikela ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar mintaqalar o‘rtasida barqaror aloqalarni rivojlantirish, infratuzilmani mustahkamlash hamda xavfsiz va farovon hamkorlik muhitini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Asosiy e’tibor to‘rt strategik yo‘nalishga qaratildi: transport — Trans-Kaspiy yo‘lagini rivojlantirish va logistik aloqalarni kengaytirish; raqamli texnologiyalar — yuqori tezlikdagi internet va raqamli savdo infratuzilmasini kuchaytirish; energetika — qayta tiklanuvchi manbalarni joriy etish va energiya xavfsizligini oshirish; savdo — bojxona jarayonlarini raqamlashtirish orqali mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish.

Kaya Kallas Qora dengiz mintaqasini Yevropa xavfsizligi uchun strategik hudud deb ta’rifladi. U Rossiyaning Ukrainadagi urushi mintaqada jiddiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi va Yevropa Ittifoqi savdo hamda energiya aloqalarini diversifikatsiya qilishga intilayotganini bildirdi.

Marta Kos esa Yevropadan Xitoy chegaralarigacha cho‘zilgan barcha davlat vakillari birinchi marta Lyuksemburgda yig‘ilganini qayd etdi. U yangi infratuzilma orqali mustaqil savdo va energiya imkoniyatlarini yaratish zarurligini ta’kidladi.

Yozef Sikela Markaziy Osiyoni yosh va salohiyatli mintaqa deb baholadi hamda uning Yevropaga strategik sherik sifatida ahamiyati oshib borayotganini qayd etdi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yig‘ilishda so‘zlab, mamlakat xalqaro transport yo‘llarini kengaytirish, innovatsiya va texnologiyalar almashinuvini rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

U mintaqalararo bog‘liqlik faqat infratuzilma emas, balki ishonch hamda xalqlar farovonligi uchun muhim asos ekanligini bildirdi. Shuningdek, 21-oktyabr kuni Lyuksemburgda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorlik kengashining 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Saidov ushbu uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va umumiy qadriyatlarga asoslangan yangi sheriklik bosqichini boshlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026