Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

AQShda aviatsiya xodimlari oyliksiz qolmoqda

Dunyo
21
AQShda aviatsiya xodimlari oyliksiz qolmoqda
AQShda hukumat faoliyati uch haftadan beri to‘xtab qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Natijada, 60 mingdan ortiq aviatsiya xavfsizligi xodimlari oylik maosh ololmayapti. Ushbu xodimlar samolyotlarning parvozini nazorat qilish va aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Ular so‘nggi marta oktabr oyining o‘rtalarida maosh olgan, ammo to‘liq emas. Ko‘plab xodimlar hozirda tirikchilik uchun qo‘shimcha ish izlashga majbur bo‘lmoqda.

Ba’zilari yetkazib berish xizmatlarida ishlashni boshlagan, boshqalari esa kam maosh sabab oilasini boqishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ayrim aeroportlarda xodimlarga yordam berish maqsadida oziq-ovqat yig‘ish punktlari tashkil etilmoqda.

Masalan, Minneapolis–Sent-Pol aeroportida bepul oziq-ovqat tarqatilishi rejalashtirilgan. Agar muammo noyabrgacha davom etsa, aeroport xodimlarga bepul tushlik ham taqdim etadi.

Dallas aeroporti xodimlaridan biri yashash xarajatlarini qoplash uchun qarz olishga majbur bo‘lganini bildirgan. Oldingi hukumat faoliyati to‘xtashi vaqtida ham ko‘plab xodimlar ishga chiqmagan, bu esa aeroportlarda uzun navbatlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Kongressdagi siyosiy kelishmovchiliklar davom etmoqda va byudjet hali tasdiqlanmagan. Agar tomonlar tez orada kelisha olmasa, minglab federal xodimlar yana oyliksiz qolishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59