Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+13°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Tunis yaqinida muhojirlar kemasi ag‘darildi, 40 halok

Dunyo
28
Tunis yaqinida muhojirlar kemasi ag‘darildi, 40 halok
Tunis qirg‘oqlari yaqinida yana bir fojiali dengiz halokati yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mahdiya shahar prokuraturasi vakili Valid Chtabrining ma’lumot berishicha, ag‘darilgan kemada 40 nafardan ortiq afrikalik muhojir halok bo‘lgan. Shuningdek, 30 kishi qutqarib qolindi.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, kemada jami 70 kishi bo‘lgan. Topilgan jasadlar orasida go‘daklar ham borligi ma’lum qilindi.

Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. So‘nggi yillarda Tunis sohillarida bunday fojialar ko‘payib bormoqda.

2022 yilda ham mamlakat qirg‘oqlari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan to‘rtta qayiq ag‘darilib, kamida 12 kishi halok bo‘lgani, 10 nafari bedarak yo‘qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘sha paytda kemada 120 kishi bo‘lib, 98 nafari qutqarilgan.

Yevropaga yetish maqsadida O‘rta dengiz orqali o‘tishga uringan muhojirlar soni yil sayin oshmoqda. Ular asosan Liviya va Tunis orqali Yevropaga chiqishga harakat qiladi.

Biroq har yili yuzlab odamlar shu dengiz yo‘llarida halok bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi 2019 yilda Liviya qirg‘oqlarida qutqaruv operatsiyasini yakunlagan.

Ushbu operatsiya davomida 650 mingdan ortiq muhojir suvdan qutqarilgan. Shunga qaramay, kontrabandachilar va noqonuniy muhojir tashish bilan shug‘ullanuvchi guruhlar faoliyati to‘xtamagan.

Bu esa har yili ko‘plab begunoh insonlarning hayotiga zomin bo‘lmoqda. Muhojirlarning xavfsizligini ta’minlash va noqonuniy tashishni oldini olish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarur.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026