Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Zamfara qishloqlarida 73 kishi asirga olindi

Dunyo
55
Zamfara qishloqlarida 73 kishi asirga olindi
Nigeriyaning Zamfara shtatida joylashgan ikkita qishloqda qurollangan guruh a’zolari tomonidan kamida 73 nafar fuqaroni asirga olish hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Buzugu va Rayau qishloqlarida yuz bergan hujum natijasida ko‘plab odamlar jarohatlangan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda va xavfsizlik kuchlari voqea joyiga yetib bordi.

Nigeriya oxirgi yillarda qurolli to‘dalar va ekstremistik guruhlarning faoliyati sababli jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Ushbu guruhlar orasida “Boko Xaram” hamda ISHIDning G‘arbiy Afrikadagi bo‘limi ISWAP mavjud bo‘lib, ular mamlakatning turli hududlarida odam o‘g‘irlash, portlashlar va terrorchilik harakatlarini amalga oshirmoqda.

Qonunchilikda odam o‘g‘irlash jinoyati uchun o‘lim jazosi belgilangan bo‘lsa-da, bu jinoyat turi hanuz keng tarqalgan. Qurolli guruhlar asosan mamlakat shimolidagi qishloqlar, maktablar va yo‘lovchilarni nishonga olib, tovon puli talab qilish holatlari ko‘p uchraydi.

Hukumat va xavfsizlik kuchlari ushbu muammoni bartaraf etish uchun choralar ko‘rmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026