Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Vedam 43 yil qamoqdan so‘ng yana hibsga olindi

Dunyo
46
Vedam 43 yil qamoqdan so‘ng yana hibsga olindi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 43 yil nohaq qamoqda o‘tirgan 64 yoshli Subramanyam Vedam ismli erkak yana hibsga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U uzoq yillar davomida aybsizligi isbotlanmagan holda qamalib, ozodlikka chiqqanidan so‘ng qisqa vaqt ichida yana hibsga olinishi jamoatchilik e’tiborini tortdi. Vedam 1980-yillarda o‘zining sobiq xonadoshi, 19 yoshli Tom Kinserning o‘ldirilishida ayblanib, asosiy gumondor sifatida hibsga olingan.

Talabaning jasadi bir necha oy o‘tib topilgan va sud uni shartsiz umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan. Biroq to‘rt o‘n yildan so‘ng yangi dalillar uning aybsizligini isbotladi va shu yil boshida sud uni oqlab, ozodlikka chiqardi.

Afsuski, Vedam oilasi bilan uchrashishga ulgurmasdan, AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati tomonidan yana hibsga olindi. ICE agentligining bayonotiga ko‘ra, u deportatsiya jarayoni tugaguncha hibsda qoladi.

Vedam Hindistonda tug‘ilgan va AQSHga to‘qqiz oylik bo‘lganida olib kelindi. Hozirda uni vatanga qaytarish ehtimoli mavjud.

Erkakning yaqinlari bu holatdan chuqur iztirobda ekanliklarini bildirgan. Ular Vedam bilan ozodlikda uchrashishga ham ulgurmaganini ta’kidlashdi.

Huquqshunoslar esa bu voqeani AQSH huquq tizimidagi eng jiddiy xatolardan biri, shuningdek, erkinlikning qayta tortib olinishi deb baholamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026