ENRU

460 dan ortiq yahudiy olimlardan sanksiya chaqirig‘i

Dunyo
25
460 dan ortiq yahudiy olimlardan sanksiya chaqirig‘i
Dunyo bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 460 dan ortiq yahudiy olim, siyosatchi va madaniyat arboblari Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda xalqaro hamjamiyatga Isroil hukumati qarshisida qat’iy sanksiyalar joriy etishni so‘rab ochiq murojaat yo‘lladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular Falastinning ishg‘ol qilingan hududlaridagi harakatlarni vijdonsizlik va genotsid deb baholadi. Murojaatda Isroilning G‘azo, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi faoliyatlari xalqaro huquq normalarini buzayotganligi ta’kidlandi.

“Bizning falastinliklarga hamdardligimiz yahudiylikka xiyonat emas, aksincha insonparvarlik tamoyillarining ifodasidir. Zulm tugab, ishg‘ol va aparteid siyosati barham topgunga qadar biz tinchlikka erisha olmaymiz”, deyiladi bayonotda.

Imzolar orasida Isroil parlamentining sobiq spikeri Avraam Burg, tinchlik muzokaralari delegatsiyasi sobiq a’zosi Deniyel Levi, rejissyor Jonatan Gleyzer, aktyor Uolles Shon, yozuvchi Maykl Rozen, adiba Naomi Klyayn, shuningdek Pulitser mukofoti sovrindori Benjamin Mozer kabi taniqli shaxslar mavjud. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yil davomida davom etayotgan urushda kamida 68 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, ular orasida yuzlab bolalar va ayollar ham bor.

Hatto 10-oktyabrda e’lon qilingan otashkesimdan keyin ham Isroilning hujumlari davom etgani qayd etildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotlariga ko‘ra, G‘arbiy Sohilda zo‘ravonliklar kuchaygan.

2025-yilda 3200 dan ortiq falastinlik yahudiy posyolkalarining aholisi tomonidan hujumga uchragan. “Save the Children” tashkiloti esa bolalar o‘limining keskin oshganini tasdiqladi.

London universiteti olimlari Isroilning G‘azodagi harakatlarini genotsid darajasiga yetgan urush deb baholadi. Ular XXI asrda biror mojaroda shuncha foiz aholining halok bo‘lmaganini ta’kidladilar.

So‘nggi ikki yil ichida Isroil hukumati xatti-harakatlari hatto yahudiy jamoatchiligi ichida ham keskin tanqid qilinmoqda. “B’Tselem” va “Physicians for Human Rights” tashkilotlari mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumatini genotsidda aybladi.

“The Washington Post” so‘rovida AQShdagi yahudiylarning 61 foizi Isroilning G‘azodagi harakatlarini harbiy jinoyat deb hisoblaydi, 39 foizi esa buni genotsid deb atagan. Mualliflar xalqaro hamjamiyatni Isroilga qarshi sanksiyalar kiritishga, qurol yetkazishni to‘xtatishga va tinchlik jarayonini tiklashga chaqirmoqda.

Ular inson hayotiga hurmat yahudiylikning asosiy qadriyatlaridan biri bo‘lib qolishi kerakligini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32