Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Qoraqalpog‘istonda qadimiy dinozavr suyaklari topildi

Dunyo
18
Qoraqalpog‘istonda qadimiy dinozavr suyaklari topildi
Qoraqalpog‘istonda 75 million yil avval yashagan dinozavrga oid toshga aylangan suyak qoldiqlari topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda O‘zbekiston Davlat geologiya muzeyi ma’lum qildi. Topilma Sulton Uvays tog‘larida qazilma tadqiqotlari davomida aniqlangan.

Ushbu ekspeditsiya Qoraqalpoq davlat universiteti va Geologiya muzeyi olimlari hamkorligida o‘tkazilgan. Qazish ishlarida qadimgi yirtqich dinozavrga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan umurtqa, boldir suyaklari va boshqa suyak bo‘laklari aniqlangan.

Geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedshayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu suyaklar bo‘r davriga oid bo‘lib, ular haqida aniq ma’lumotlar va ilmiy tasnif laboratoriya tahlillaridan so‘ng e’lon qilinadi. Hozirda noyob namunalar maxsus laboratoriya uskunalari yordamida o‘rganilmoqda.

Tadqiqot natijalari dinozavrlarning evolyutsiyasi hamda Markaziy Osiyo geologik tarixi haqida yangi ma’lumotlar berishi kutilmoqda. Olimlar bu topilmani O‘zbekistondagi paleontologik izlanishlar uchun muhim yangi bosqich deb hisoblamoqda.

Ushbu kashfiyot nafaqat mamlakatimiz, balki jahon ilmiy hamjamiyati uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Qoraqalpog‘istondagi qazilma ishlari davom ettirilmoqda va kelgusida yangi topilmalar kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59