ENRU

Qoraqalpog‘istonda 75 mln yillik dinozavr suyaklari topildi

Dunyo
22
Qoraqalpog‘istonda 75 mln yillik dinozavr suyaklari topildi
Qoraqalpog‘istonning Sulton Uvays tog‘ tizmasida miloddan avvalgi 75 million yilga oid dinozavr suyaklari topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi. Topilma Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti olimlari va O‘zbekiston Davlat geologiya muzeyi mutaxassislari hamkorligida olib borilgan tadqiqotlar davomida aniqlangan.

Davlat geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmadshayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu dinozavr Bo‘r davrida, ya’ni taxminan 100 dan 65 million yil oldin O‘zbekiston hududida yashagan. Tadqiqotchilar uning umurtqa, ilik va boldir suyaklarini topishgan.

Ahmadshayev ta’kidlaganidek, Bo‘r davrida O‘zbekiston hududida dengiz va quruq yerlar mavjud bo‘lgan, bu esa dinozavr izlari va suyaklarining topilishi uchun muhim sharoit yaratgan. Bunday topilmalar nafaqat ilmiy jihatdan, balki turizmni rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega.

Shu sababli muzeylar va ekspozitsiya obyektlarini tashkil etish zarur. Hozirda topilgan suyak qoldiqlarining qaysi turga mansubligi aniqlanmoqda, tadqiqotlar yakunlangach, ular Davlat geologiya muzeyiga topshiriladi.

Bu kashfiyot hududdagi paleontologik tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51