Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Ukraina va Yevropa yangi tinchlik rejasini ishlab chiqdi

Dunyo
21
Ukraina va Yevropa yangi tinchlik rejasini ishlab chiqdi
Ukraina va Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan urushni to‘xtatish maqsadida yangi tinchlik rejasini ishlab chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hujjat 12 ta asosiy banddan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Kiyevning geosiyosiy va xavfsizlik manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Rejaning birinchi bandi Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini ta’minlashga bag‘ishlangan.

Keyingi ikki band harbiy harakatlarni to‘xtatish va asirlarni almashishni nazarda tutadi. To‘rtinchi band iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga, beshinchisi esa xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan.

Bu yangi konsepsiya 2022-yilda Zelenskiy tomonidan Istanbulda taqdim etilgan tinchlik rejasining qayta ko‘rib chiqilgan varianti hisoblanadi. Hujjatda Rossiya tomonidan harbiy harakatlarni to‘xtatish, asirlarni almashish, Ukraina bolalarini qaytarish, Rossiya nazoratidagi hududlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish, hududiy da’volarni tan olmaslik kabi takliflar mavjud.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va G‘arb davlatlari Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berishi, Kiyevning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini tezlashtirish, Ukraina iqtisodiyotini tiklash uchun moliyaviy yordam ajratish ko‘zda tutilgan. Rossiyaga qarshi sanksiyalar bosqichma-bosqich bekor qilinishi rejalashtirilgan, biroq bu faqat Moskva Ukraina tiklanish jarayonida faol ishtirok etganda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, AQSH prezidenti Donald Tramp boshchiligida maxsus “Tinchlik kengashi” tashkil etilishi va uning rejaning bajarilishini nazorat qilishi ko‘zda tutilgan. Mutaxassislar fikricha, ushbu hujjat Ukraina va Yevropa Ittifoqining siyosiy tashabbusi bo‘lib, Rossiyaga bosimni oshirish va G‘arb tomonini tinchlikparvar kuch sifatida ko‘rsatishga qaratilgan.

Ammo Rossiyaning bu rejani qabul qilishi ehtimoli juda past, chunki u Rossiyani siyosiy jihatdan taslim bo‘lishga majbur qiluvchi yo‘nalish sifatida baholanmoqda. Hozirda rejaning yakuniy varianti ishlab chiqilmoqda va unga ba’zi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Yevropa amaldorlari AQSHdagi Tramp ma’muriyati bilan tezislarni muvofiqlashtirish zarurligini ta’kidlamoqda. Taxminlarga ko‘ra, reja NATO bosh kotibi Mark Ryutte tomonidan Oq uyga rasmiy tashrif chog‘ida taqdim etilishi mumkin.

Bu tashabbus G‘arb tomonidan Ukrainaga siyosiy qo‘llab-quvvatlashning yangi belgisi sifatida qaralmoqda. Rossiya rasmiylari hozircha ushbu taklifga izoh bermagan.

Kremlga yaqin manbalar esa bu reja Ukrainaning va Yevropaning geosiyosiy g‘alabasini diplomatik yo‘l bilan mustahkamlashga qaratilgan urinish ekanini bildirgan. Shunday qilib, yangi 12 bandli reja tinchlik tashabbusi niqobi ostida siyosiy bosim vositasi sifatida baholanmoqda.

Yevropa va Ukraina bu orqali Rossiyani xalqaro maydonda diplomatik izolyatsiyada qoldirishga harakat qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026