Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Tramp Isroilning G‘arbiy sohil anneksiyasiga qarshi chiqdi

Dunyo
20
Tramp Isroilning G‘arbiy sohil anneksiyasiga qarshi chiqdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Iordan daryosining G‘arbiy sohilini Isroil tomonidan anneksiya qilish rejasiga qat’iy qarshi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu haqda “The Time” jurnaliga bergan intervyusida so‘zlagan. Trampning ta’kidlashicha, u arab davlatlari yetakchilariga ushbu masalada va’da bergan va bu va’dani buzish AQSHning mintaqadagi mavqeiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Isroil G‘arbiy sohilni rasman qo‘shib olishga harakat qilsa, AQSH tomonidan berilayotgan barcha yordam to‘xtatilishi mumkin. U bunday qadamga yo‘l qo‘yilmasligini, chunki arab mamlakatlari AQSHga katta ko‘mak berganini ta’kidladi.

Mazkur intervyu 15-oktyabrda berilgan bo‘lsa-da, uning jurnalda chop etilishi Isroil parlamenti – Knesset G‘arbiy Sohilga oid qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilgan kuniga to‘g‘ri keldi. 22-oktyabrda qabul qilingan bu hujjat Isroilning G‘arbiy Sohildagi hududlarga suverenitetini joriy etishni nazarda tutadi.

Loyiha to‘liq kuchga kirishi uchun yana uch marta ovoz berishdan o‘tishi zarur. Bu qaror xalqaro maydonda keskin munozaralarga sabab bo‘ldi.

So‘nggi kunlarda Isroilda bo‘lgan AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens ham bu qonun loyihasini qattiq tanqid qildi. U buni siyosiy qadam emas, balki ahmoqona siyosiy harakat deb atadi va shaxsan o‘ziga haqorat sifatida qabul qilganini bildirdi.

Shuningdek, AQSH davlat kotibi Marko Rubio ham anneksiya rejalari Tramp ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan G‘azo sektoridagi tinchlik rejalariga xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi. Ma’lumot uchun, Isroil parlamenti joriy yil iyul oyida ham Iordan daryosining G‘arbiy sohilini “yahudiy xalqi tarixiy vatanining ajralmas qismi” deb e’tirof etgan hujjatni qabul qilgan.

Bu qaror xalqaro hamjamiyat tomonidan qattiq tanqid qilingan. 1967 yilgi urushdan keyin Isroil G‘arbiy sohil hududida noqonuniy turar joylar qurishni davom ettirmoqda.

Hozirga kelib, bu hududda 160 ga yaqin yahudiy manzilgohlari barpo etilgan va 700 mingdan ortiq yahudiy aholisi yashamoqda. Xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT, bu qurilishlarni bosqinchilik va xalqaro huquqni buzish deb baholaydi.

2016-yil 23-dekabrda BMT Xavfsizlik Kengashi Isroildan ishg‘ol ostidagi Falastin yerlarida turar joylar qurishni darhol to‘xtatishni talab qilgan. “Peace Now” inson huquqlari tashkiloti ham Isroil hukumatining bu harakatlarini qoralab, G‘arbiy sohilni to‘liq ishg‘ol qilish maqsadida amalga oshirilayotganini bildirgan.

Shuningdek, 460 dan ortiq jahon yahudiy ziyolilari – olimlar, siyosatchilar va madaniyat vakillari tomonidan tarqatilgan bayonotda Isroildan ishg‘ol ostidagi Falastin hududlarida aparteid va genotsid siyosatiga barham berish talab qilingan. Tahlilchilar fikricha, Trampning bu bayonoti uning Isroilga qarshi pozitsiyaga o‘tganini anglatmaydi.

Aksincha, u Tel-Avivni strategik ittifoqchi sifatida qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, Tramp 2017-yil dekabr oyida Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olgan edi.

Bu qaror falastin ma’muriyati va Vashingtonning Yevropa ittifoqidagi hamkorlari tomonidan keskin tanqid qilingan. Hozirgi vaziyat esa yana keskinlashmoqda.

Isroilning yangi anneksiya harakatlari mintaqadagi tinchlik jarayonini murakkablashtirishi va G‘arbiy sohildagi ziddiyatlarni kuchaytirishi mumkinligi haqida xavotir bildirilyapti.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026