Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi

Dunyo
21
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi
AQSHning Rossiyaga nisbatan siyosiy yo‘nalishi jiddiy o‘zgarish arafasida turibdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bloomberg nashrining xabar berishicha, bu o‘zgarishning asosiy sababchisi davlat kotibi Marko Rubio bo‘ldi. Uning qat’iy pozitsiyasi va Moskva bilan bo‘lgan muloqotdan keyingi xulosalari Vashingtonning yangi siyosatini shakllantirishga turtki berdi.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Rubio Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qilganida, Kreml tinchlik muzokaralarini cho‘zishga urinayotganini anglab yetgan. Shu sababli u rejalashtirilgan yuzma-yuz uchrashuvni bekor qilib, prezident Donald Trampga Rossiyaga nisbatan qattiq choralar ko‘rishni tavsiya qilgan.

Donald Tramp esa ushbu tavsiyani qo‘llab-quvvatlab, Budapeshtda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan sammitni bekor qildi va ikkinchi prezidentlik davrida ilk sanksiyalarni joriy etdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar ko‘rish vaqti allaqachon kelgan edi.

U jurnalistlar oldida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilganda, yaxshi gaplashilgandek tuyulsa-da, bu suhbatlar hech qanday natija bermasligini ta’kidladi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Amerika tomoniga Ukraina bo‘yicha tinchlik shartlari loyihasini taqdim qilgan, biroq bu hujjat asosan Moskvaning mavjud pozitsiyalarini takrorlagan.

Unda Rossiya tomoni Ukraina hududlaridan yanada ko‘proq yer talab qilgan, bu esa AQSH ma’muriyatida keskin norozilikka sabab bo‘lgan. Moskva Putin va Tramp o‘rtasidagi so‘nggi telefon qo‘ng‘irog‘idan keyin Vashingtonning Donbassning bir qismini Rossiyaga berishga rozi bo‘lganini taxmin qilgan.

Ammo Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng o‘z pozitsiyasini aniq bildirib, faqat hozirgi front chizig‘ida o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Bu taklif Kreml tomonidan Alyaska sammiti arafasida rad etilgan edi.

Shu bilan birga, Marko Rubio Moskva bilan diplomatik aloqalarni butunlay uzmagan. U o‘z chiqishida AQSH tinchlik imkoniyati mavjud bo‘lsa, hamkorlikka doim ochiq ekanini ta’kidlagan.

Rubio so‘zlariga ko‘ra, prezident Tramp bir necha oydan beri agar tinchlik o‘rnatilmasa, qattiq choralar ko‘rishga majbur bo‘lishini aytib kelgan va bugun aynan shunday qadam tashlangan. 22 oktabr kuni AQSH ma’muriyati Rossiyaning yirik neft kompaniyalariga, jumladan Rosneft va Lukoylga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etdi.

Mutaxassislar fikricha, bu Vashingtonning Moskvaga nisbatan siyosiy bosimini kuchaytirishning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Ushbu choralar Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy faolligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026