Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+16°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, ЮЗ
ENRU

Yaponiya klon cho‘chqalardan organ ko‘chiradi

Dunyo
21
Yaponiya klon cho‘chqalardan organ ko‘chiradi
Yaponiya tibbiyot sohasida yangi va muhim bosqichga qadam qo‘ymoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

PorMedTec nomli startap 2027-yilgacha insonlarga organ ko‘chirib o‘tkazish maqsadida maxsus klonlangan cho‘chqalarni yetishtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Nikkei Asia” nashri xabar berdi.

PorMedTec kompaniyasi AQShdagi biotexnologiya sohasidagi eGenesis kompaniyasi bilan hamkorlikda oddiy cho‘chqalarning hujayralaridan foydalanib, ularning genetik nusxalarini yaratadi. Jarayon davomida cho‘chqalarning DNKsi inson organizmi tomonidan rad etilish ehtimolini kamaytirish uchun o‘zgartiriladi.

Loyiha doirasida Osaka shahrida maxsus ferma quriladi. Bu fermada yiliga kamida 100 ta klonlangan cho‘chqa yetishtirish ko‘zda tutilgan.

Hayvonlar yetarlicha o‘sgach, ularning organlari tibbiyot markazlariga transplantatsiya uchun yuboriladi. Ferma zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi.

Sun’iy intellekt tizimiga ega kuzatuv kameralari orqali cho‘chqalarning harorati, harakati va sog‘ligi doimiy nazorat qilinadi. Tahlilchilarning fikricha, cho‘chqalarning organlari inson organlariga o‘lcham va tuzilish jihatidan juda yaqin bo‘lib, kelajakda ular inson organlarini almashtirishda muhim manbaga aylanishi mumkin.

2023-yil fevral oyida Meiji universiteti va eGenesis kompaniyasi Yaponiyada ilk bor uchta klonlangan cho‘chqani inson organi transplantatsiyasi uchun yaratganini e’lon qilgan. Keyinchalik, o‘sha yilning noyabrida yapon olimlari cho‘chqaning buyragini maymunga muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazishga erishgan.

PorMedTec loyihasi 2017-yilda Meiji universiteti tomonidan ishga tushirilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi regenerativ tibbiyot yo‘nalishida yangi biomateriallar yaratish va jahon tibbiyotining rivojiga hissa qo‘shishdir. Shu bilan birga, yaqinda Xitoy olimlari dunyoda ilk bor insonga cho‘chqaning o‘pkasini ko‘chirib o‘tkazish tajribasini amalga oshirdi.

Bu muvaffaqiyat Guanchjou shahridagi tibbiyot markazida amalga oshirildi. Hayvon genlari CRISPR texnologiyasi yordamida o‘zgartirilgan bo‘lib, olti ta gen tahrirlangan.

Olimlar fikricha, bunday ilmiy tajribalar kelajakda donor organlar yetishmovchiligi muammosini hal etishda muhim rol o‘ynaydi va inson hayotini asrash imkoniyatlarini kengaytiradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026