Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Kamala Harris prezidentlikka nomzodligini o‘ylamoqda

Dunyo
20
Kamala Harris prezidentlikka nomzodligini o‘ylamoqda
AQSHning sobiq vitse-prezidenti Kamala Harris kelajakda prezidentlikka nomzodini yana qo‘yishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U BBC nashriga bergan intervyusida siyosiy faoliyatini davom ettirish ehtimolini ochiq qoldirdi. Harrisning so‘zlariga ko‘ra, u siyosatdan butunlay chetga chiqishni rejalashtirmayapti va jamiyatga xizmat qilish uning tabiatida borligini ta’kidladi.

“Men butun faoliyatimni odamlarga xizmat qilishga bag‘ishlaganman, bu mening tabiiy istagimdir. Buni o‘zimdan ajrata olmayman”, – dedi Harris.

U “Qachondir Oq uyni boshqaradigan birinchi ayol bo‘la olasizmi?” degan savolga “Ehtimol, ha” deb javob berdi, ammo prezidentlikka nomzod bo‘lish yoki bo‘lmaslik haqida yakuniy qaror qabul qilmaganini bildirdi. AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi 2028 yilda o‘tkaziladi.

Harris siyosiy faoliyatining yangi bosqichini boshlash yoki boshqa yo‘nalishda ishlashni hozircha o‘ylab ko‘rayotganini aytdi. U xizmatning turli usullari mavjudligini, lekin kelajakda qanday yo‘l tanlashini hali hal qilmaganini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, Harris Demokratik partiya uchun o‘z nomzodining ahamiyatsiz yoki kuchsiz deb hisoblanishiga qarshi fikr bildirdi. U so‘rovnomalar va tahlillarga emas, balki ishonch va harakatga tayanishini ta’kidladi.

“Agar men faqat so‘rovlar natijalariga qaraganimda, ehtimol, nomzodimni birinchi yoki ikkinchi lavozimga qo‘ymagan bo‘lardim. Hozir esa men bu yerda turibman”, dedi u.

Suhbat davomida Harris amaldagi prezident Donald Tramp faoliyatini tanqid qildi. Uning fikricha, Tramp federal idoralarni shaxsiy manfaatlarida ishlatib, ayrim biznes va tashkilot rahbarlariga bosim o‘tkazgan.

“Ko‘pchilik odamlar Tramp hokimiyatga qaytmasidan oldin undan qo‘rqib, uning oldida tiz cho‘kishdi. Ular hokimiyatga yaqin bo‘lishni yoki javobgarlikdan qochishni xohlashdi”, dedi Kamala Harris.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi prezidentlik saylovida Kamala Harris 48,43 foiz ovoz to‘plagan, ammo Donald Tramp g‘olib bo‘lgan edi. Shu sababli u siyosiy revansh haqida jiddiy o‘ylayotgani kuzatilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59