Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 1 м/с, В
ENRU

Putinning mashhurligi Rossiyada rekord darajaga yetdi

Dunyo
38
Putinning mashhurligi Rossiyada rekord darajaga yetdi
Rossiyada o‘tkazilgan yangi so‘rovnomaga ko‘ra, Vladimir Putinning mashhurligi so‘nggi yillardagi eng yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rossiya Fanlar akademiyasi huzuridagi Ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘rov ishtirokchilarining 65 foizi prezident faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan. Bu ko‘rsatkich institut tarixidagi rekord natija hisoblanadi.

2000 yilda faqat 12 foiz rossiyaliklar Putinni mamlakat uchun foydali deb hisoblagan bo‘lsa, 2018 yilda bu raqam 54 foizga yetgan. Ukrainadagi urush boshlanganidan so‘ng qo‘llab-quvvatlash darajasi yana oshib, 60 foizdan yuqori bo‘lgan.

So‘rovda ikkinchi o‘rinni Iosif Stalin egallagan. Uning faoliyatini respondentlarning 45 foizi ijobiy baholagan.

Sovet davri rahbarining reytingi so‘nggi o‘ttiz yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi. 2016 yilda bu raqam 31 foiz, 2022 yilda 40 foiz, 2025 yilda esa 45 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, Nikolay II va Leonid Brejnev haqida ijobiy fikr bildirganlar soni ham oshgani qayd etilgan. Nikolay II ni 16 foiz, Brejnevni esa 24 foiz respondent ijobiy baholagan.

Eng salbiy baholar Mixail Gorbachyov va Boris Yelsinga berilgan. Rossiyaliklarning 59 foizi Gorbachyovni, 56 foizi esa Yelsinni mamlakat tarixidagi eng zararli rahbarlar sifatida ko‘rsatgan.

Bu natijalar Rossiya jamiyatida tarixiy shaxslar haqidagi fikrlarning o‘zgarayotganini ko‘rsatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026