Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Buyuk Britaniya hujjatsiz muhojirlarni kazarmalarda joylashtiradi

Dunyo
15
Buyuk Britaniya hujjatsiz muhojirlarni kazarmalarda joylashtiradi
Buyuk Britaniya hukumati noyabr oyining oxiridan boshlab hujjatsiz muhojirlarni harbiy kazarmalarda vaqtincha joylashtirishni boshlaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

The Times nashrining xabar berishicha, dastlab Shotlandiyaning Inverness shahri yaqinidagi armiya bazasi hamda Angliyaning janubida joylashgan Sharqiy Sasseksdagi harbiy tayyorgarlik lageri foydalanishga topshiriladi. Ushbu joylarda jami 900 nafargacha hujjatsiz muhojir vaqtincha yashashi rejalashtirilgan.

Ichki ishlar vazirligi manbalariga ko‘ra, kelajakda bu son 10 ming nafargacha oshirilishi mumkin. Hukumatning asosiy maqsadi byudjet yukini kamaytirish va noqonuniy muhojirlarni qimmat mehmonxonalarda joylashtirish zaruratini bartaraf etishdir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil mart holatiga ko‘ra Buyuk Britaniyada 210 ta mehmonxonada 32 mingdan ortiq hujjatsiz muhojir yashab kelmoqda. Bu esa davlat byudjetiga katta xarajatlarni keltirib chiqaradi.

Britaniya parlamentining ichki ishlar qo‘mitasi 27-oktyabr kuni e’lon qilgan hisobotda 2019 yildan 2029 yilgacha bo‘lgan o‘n yillikda noqonuniy migrantlarni mehmonxonalarda saqlash xarajatlari 15,3 milliard funt sterling, ya’ni taxminan 20,4 milliard dollarni tashkil etishi ta’kidlangan. Ushbu yangi chora byudjetni tejash hamda muhojirlar masalasini samarali boshqarish maqsadida joriy etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026