Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi aniq belgilandi

Dunyo
33
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi aniq belgilandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralari uchrashuv nuqtasi haqidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hujjat Senatga yuborildi. Shartnoma 2025-yil 31-mart kuni Xo‘jand shahrida uch davlat rahbarlari uchrashuvi davomida imzolangan.

Hujjatda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralari tutashadigan aniq nuqta belgilangan hamda ushbu hududdagi chegaralar chizig‘i tasvirlangan. Deputatlar fikricha, shartnomaning qabul qilinishi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, o‘zaro ishonchni oshirish va uch davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, hujjat chegaradosh hududlarda yashovchi aholi o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish, savdo-sotiqni rivojlantirish, qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun huquqiy asos bo‘ladi. Ushbu shartnoma mintaqaviy barqarorlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026