Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Kruiz kemasi yo‘lovchini orolda unutib qoldirdi

Dunyo
40
Kruiz kemasi yo‘lovchini orolda unutib qoldirdi
Avstraliyaning Lizard orolida achinarli voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Coral Adventurer kruiz kemasi o‘z yo‘lovchilaridan birini orolda unutib qoldirgan. Deutsche Welle xabariga ko‘ra, keyinchalik 80 yoshli ayolning jasadi topilgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur sayohat 60 kun davom etib, uning chiptasi taxminan 50 ming dollar bo‘lgan. Sayyohlar orolda piyoda yurish (xayking) va suv ostida sho‘ng‘ish (snorkling) bilan shug‘ullangan.

Biroq keksa ayol baland joyga chiqishga qiynalgan va guruhdan ortda qolgan. U yolg‘iz sayohat qilgani sababli uning yo‘qolgani boshida sezilmagan.

Kema kun botishida orolni tark etgan. Faqat kechki ovqat paytida ayolning yo‘qligi aniqlangan.

Bundan so‘ng kema orqaga qaytgan va qidiruv ishlari boshlatilgan. Qidiruvga vertolyot ham jalb qilingan, ammo afsuski, ayolning jasadi topilgan.

Politsiya voqeani “to‘satdan va shubhasiz o‘lim” sifatida baholadi. Avstraliya dengiz xavfsizligi boshqarmasi hodisani o‘rganmoqda.

Coral Adventurer kemasi ekipaji voqea sabablari va qidiruvning kechikishi bo‘yicha so‘roq qilinadi. Kompaniya rahbari Mark Fayfild ayolning yaqinlariga hamdardlik bildirib, ushbu fojia sababli chuqur qayg‘uda ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, kema bortida shifokor yoki hamshira bo‘lmagan. Coral Adventurer kemasi 120 yo‘lovchi va 46 ekipaj a’zosiga mo‘ljallangan bo‘lib, Avstraliya qirg‘oqlariga maxsus sayohatlar tashkil etish uchun ishlatilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026