Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Firibgarlar nafaqaxo‘r ayoldan 350 ming dollar undirdi

Dunyo
83
Firibgarlar nafaqaxo‘r ayoldan 350 ming dollar undirdi
Janubiy Koreyaning Miryan shahrida yashovchi nafaqaxo‘r ayol firibgarlar qurboniga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular o‘zlarini mashhur "Kalmar o‘yini" seriali yulduzi Li Jong Je deb tanishtirib, ayolni aldashgan. Firibgarlar sun’iy intellekt orqali yaratilgan tasvirlardan foydalanib, ayolni haqiqiy aktyor bilan muloqot qilayotganiga ishontirishgan va undan katta miqdorda pul undirishgan.

Bu haqda ChosunBiz EN xabar berdi. Firibgarlar dastlab ayolga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilishgan.

Ular o‘zlarini aktyor sifatida tanishtirib, ayol bilan suhbatni KakaoTalk messenjeri orqali davom ettirishgan. Muloqot davomida "aktyor" ayolga iliq so‘zlar bilan murojaat qilib, unga yaqinlik illyuziyasini hosil qilgan.

Ayol aktyorga ishonib, unga katta miqdorda pul o‘tkaza boshlagan. Firibgar unga Koreyaga qaytgach, mablag‘larni qaytarishini va’da qilgan.

Firibgarlar sun’iy intellekt yordamida shaxsiy guvohnoma va haydovchilik guvohnomasining soxta fotosuratlarini yaratib, ayolning ishonchini oshirishgan. Ular turli sabablarni o‘ylab topib, ayoldan pul talab qilishgan, masalan, chet el aeroportida qolib ketish yoki boshqa moliyaviy muammolarni bahona qilishgan.

Ayol hatto aktyor bilan uchrashish uchun VIP-chiptaga 7,5 ming dollar o‘tkazgan, ammo bu uchrashuv amalga oshmagan. Firibgarlarning talablari kuchayib, ayoldan undirilgan mablag‘ 350 ming dollardan oshganida, u nihoyat politsiyaga murojaat qilishga qaror qilgan.

Kensan-Namdo provinsiyasi politsiyasi mazkur ishni tergov qilayotganini tasdiqladi. Biroq, ayol yo‘qotilgan mablag‘larni qaytarib olish imkoniyati juda past ekanini ta’kidlashmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026