Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Xitoyda blogerlar uchun malaka talabi joriy etildi

Dunyo
55
Xitoyda blogerlar uchun malaka talabi joriy etildi
Xitoyda blogerlik faoliyatini tartibga soluvchi yangi qonun kuchga kirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qonunga ko‘ra, 2025-yil 25-oktyabrdan boshlab tibbiyot, huquq, ta’lim va moliya kabi maxsus bilim talab qiladigan sohalarda kontent yaratadigan blogerlar tegishli malaka hujjatlarini taqdim etishi majburiy bo‘ladi. Endilikda bu yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi blogerlar diplom, litsenziya yoki sertifikatga ega bo‘lishlari shart.

Mazkur tartib Xitoyning Kibermakon ma’muriyati (CAC) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Douyin, Bilibili va Weibo kabi mashhur platformalarda amalga joriy etildi. Shuningdek, blogerlar o‘z kontentida foydalanilgan manbalar va tadqiqotlarni aniq ko‘rsatishga majbur bo‘ladilar.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, ushbu chora onlayn dezinformatsiya va noto‘g‘ri maslahatlarning oldini olishga qaratilgan. Biroq ayrim tanqidchilar yangi talablar ijodkorlik va so‘z erkinligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etmoqda.

Mutaxassislar esa bu islohotni Xitoyning internet maydonida ishonchli ma’lumot tarqatishni ta’minlashga qaratilgan yangi siyosat bosqichi sifatida baholamoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026