Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+25°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

AQSh 30 yildan so‘ng yadro sinovlarini qayta boshlaydi

Dunyo
51
AQSh 30 yildan so‘ng yadro sinovlarini qayta boshlaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda 30 yildan so‘ng yadro qurollarini sinovdan o‘tkazishni qayta yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu qarorni Rossiya va Xitoy kabi davlatlarning yadro qurollarini sinovdan o‘tkazishni davom ettirayotgani bilan izohladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu chora AQShning mudofaa qudratini saqlash va raqobatchilardan ortda qolmaslik uchun zarur.

Prezident ijtimoiy tarmoqlarda o‘z bayonotini e’lon qilib, “boshqa davlatlar yadro qurollarini sinovdan o‘tkazayotgan bir paytda, biz ham teng asosda sinovlarni boshlaymiz”, deya ta’kidladi. Ushbu bayonot Xitoy rahbari Si Szinpin bilan Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan uchrashuv arafasida e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, AQSh oxirgi marta 1992-yilda Nevada shtatida yadro qurolini sinovdan o‘tkazgan edi. Trampning qarori AQShning yadro siyosatida yangi bosqichni boshlab beradi.

Nevada shtatidagi sinov maydoni hozirgacha hukumat tasarrufida saqlangan. Mutaxassislarning fikricha, zarurat tug‘ilsa, bu hudud yana sinovlar uchun tayyor holatga keltirilishi mumkin.

Tramp esa bu jarayonni tezroq boshlash kerakligini alohida ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026