Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Sankt-Peterburgda migrant kurerlar uchun cheklovlar joriy qilindi

Dunyo
38
Sankt-Peterburgda migrant kurerlar uchun cheklovlar joriy qilindi
3-noyabrdan boshlab Sankt-Peterburg shahrida yetkazib berish sohasida ishlayotgan ayrim migrantlar uchun yangi cheklovlar kuchga kirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda "Argumenti i fakti" nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, "Samokat" va "Yandeks Yeda" kabi yirik yetkazib berish xizmatlari xorijiy fuqarolar uchun smenaga chiqish va buyurtmalarni qabul qilish imkoniyatini to‘xtatgan.

Cheklov Ozarboyjon, O‘zbekiston, Tojikiston, Moldova va Ukraina fuqarolariga taalluqli. Biroq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) a’zo davlatlar fuqarolari bundan mustasno bo‘lib, ular avvalgidek patentsiz ishlash huquqiga ega bo‘ladilar.

Mazkur qaror ilk bor avgust oyida Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov tomonidan imzolangan edi. Unga ko‘ra, shaharda migrantlarning kurerlik va taksi xizmatlarida ishlashi cheklanadi.

Shuningdek, kompaniyalarga kadrlar siyosatini va ichki tizimni qayta ko‘rib chiqish uchun uch oy muddat berilgan edi. Shahar ma’muriyati ushbu chorani yashirin bandlikni kamaytirish, xizmatlar sifatini va xavfsizligini oshirish, shuningdek, mahalliy aholi, ayniqsa talabalar va yoshlar uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish maqsadida joriy etganini ma’lum qildi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yangi qoidalar migrantlar oqimini qisqartirishi mumkin, ammo bu yetishmayotgan kadrlar muammosini yanada kuchaytiradi. Chunki kurerlik sohasi Sankt-Peterburgdagi tez rivojlanayotgan xizmatlar tarmog‘ining muhim qismi hisoblanadi.

Shu bilan birga, mahalliy rasmiylar bu cheklov vaqtinchalik ekanini va yangi ish tizimi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng shartlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini qayd etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026