ENRU

Rossiya yadro sinovlarini qayta boshlashni ko‘rib chiqmoqda

Dunyo
65
Rossiya yadro sinovlarini qayta boshlashni ko‘rib chiqmoqda
Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov yaqinda Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida prezident Vladimir Putinga Novaya Zemlya arxipelagida yadro qurollarini sinash bo‘yicha ishlarni qayta yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ma’lumot Kreml matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi. Belousovning ta’kidlashicha, AQSH so‘nggi yillarda xalqaro qurollarni qisqartirish va nazorat qilish bo‘yicha kelishuvlardan bosqichma-bosqich chiqib ketmoqda.

Unga ko‘ra, Vashington strategik hujum qurollarini modernizatsiya qilmoqda, bu esa Rossiya uchun yangi harbiy tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. "Bu harakatlar mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi.

Shuning uchun biz yadro salohiyatimizni har qanday sharoitda tayyor holda ushlab turishimiz va zarurat tug‘ilganda munosib javob bera olishimiz kerak. Shu sababdan yadro sinovlariga tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq", – dedi Belousov.

Prezident Vladimir Putin ushbu taklifga ehtiyotkorona munosabat bildirdi. U hozircha bu masalada aniq qaror qabul qilmaganini aytib, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va maxsus xizmatlarga AQSHning yadroviy faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumot yig‘ish hamda ehtimoliy chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar tayyorlashni buyurdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Novaya Zemlya poligonida oxirgi yadro sinovi 1990-yil 24-oktyabrda o‘tkazilgan. Oradan ko‘p o‘tmay, Rossiya hukumati bunday sinovlarga moratoriy e’lon qilgan va 1996-yilda Moskva hamda Vashington Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan.

Ammo ushbu hujjatni ikki davlat ham ratifikatsiya qilmagan. So‘nggi oylarda Rossiya va AQSH o‘rtasida yadro qurollari bo‘yicha tortishuv kuchaymoqda.

2025-yil 26-oktyabrda Vladimir Putin "Burevestnik" qanotli raketasi va "Poseydon" uchuvchisiz suvosti apparati muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini e’lon qildi. Har ikki tizim yadroviy energiya qurilmalari bilan jihozlangan.

AQSH prezidenti Donald Tramp esa bu jarayonga javoban, Amerika ham yadroviy qurollarni sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Xalqaro ekspertlar bu holatni yangi "sovuq urush"ning boshlanishi sifatida ko‘rmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX kompaniyasining har bir AQSH bolasiga bittadan aksiyasini sovg'a qilish rejasini e'lon qilgani xabar qilinmoqda. AQSH Aholini ro'yxatga
DunyoBugun, 15:15
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qilib, bu yo‘l bilan mamlakatning kelajagi xavfga tushganini aytdi. Uning fikricha, Yevropadagi
DunyoBugun, 14:31
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34