Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
+10°
qisman bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Kinoteatrda 32 kishi ko‘z kuyishi bilan shifoxonaga tushdi

Dunyo
28
Kinoteatrda 32 kishi ko‘z kuyishi bilan shifoxonaga tushdi
Abakan shahridagi "Nautilus" kinoteatrida film tomosha qilayotgan 32 nafar kishining ko‘zlari kuygan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Krasnoyarsk o‘lkasi va Xakasiya bo‘yicha Tergov qo‘mitasi ma’lumot berdi. Hodisa 3-noyabr kuni tushdan keyin kichik teatr zalida sodir bo‘lgan.

Jabrlanganlar "Dadaning qizlari. Onam qaytib keldi" filmini tomosha qilish vaqtida zarar ko‘rishgan.

Telegramdagi Baza kanali xabariga ko‘ra, hodisa seans davomida yoqib qo‘yilgan bakteritsid lampa tufayli yuzaga kelgan. Tergov qo‘mitasining ma’lum qilishicha, kinoteatrga tashrif buyurgan 32 nafar kishi, jumladan, 20 nafar voyaga yetmagan bola shifoxonaga murojaat qilgan.

Ularning ko‘zlari kuyishga uchragan. Mazkur holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Xizmat ko‘rsatish jarayonida iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga rioya etilmaganligi sababli jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026