ENRU

Zoxran Mamdani Nyu-Yorkning birinchi musulmon meri bo‘ldi

Dunyo
26
Zoxran Mamdani Nyu-Yorkning birinchi musulmon meri bo‘ldi
2023-yil 4-noyabr kuni 34 yoshli demokrat-sotsialist Zoxran Kvame Mamdani Nyu-York shahri meri lavozimiga saylovda g‘alaba qozondi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U sobiq gubernator Endryu Kuomo va respublikachi Kertis Slivani ortda qoldirib, Nyu-Yorkning birinchi musulmon meri sifatida tarixga kirdi. Zoxranning siyosiy qarashlari va hayotiy tajribasi ko‘p madaniyatli muhitda shakllangan.

1991-yil 18-oktabrda Ugandaning poytaxti Kampalada tug‘ilgan Zoxran, 5 yoshida oilasi bilan Janubiy Afrikaga, keyinchalik esa Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tgan. U 2018-yilda AQSh fuqaroligini olgan bo‘lib, shia mazhabidagi musulmon hisoblanadi.

Siyosatga kirishidan oldin, Zoxran Kvins tumanida ijtimoiy maslahatchi bo‘lib ishlagan. U uy-joyini yo‘qotish xavfi ostida qolgan odamlarga yordam bergan va ko‘chirishlarning oldini olish bilan shug‘ullangan.

Ushbu tajriba uni ijtimoiy adolat uchun kurashga undagan. Zoxran o‘z faoliyatida ijtimoiy tengsizlik, migratsiya va ekologik masalalarga e’tibor qaratib kelgan.

U musiqaga ham qiziqib, rep janrida ijod qilgan. Ta’limini Janubiy Afrikaning Sent-Jorj maktabida boshlagan Zoxran, Nyu-Yorkdagi Bank Street School for Children va Bronx High School of Science maktablarida davom ettirgan.

2014-yilda Bowdoin kollejida afrika tadqiqotlari bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. Talabalik yillarida u Falastin huquqlarini himoya qiluvchi harakatga asos solgan.

Zoxranning ota-onasi uning dunyoqarashi va qadriyatlarini shakllantirishda katta rol o‘ynagan. Otasi Mahmud Mamdani Kolumbiya universitetida professor, onasi Mira Nayr esa xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan rejissyor.

2025-yilda Zoxran suriyalik-amerikalik rassom Rama Duvaji bilan turmush qurgan va hozirda Kvinsning Astoriya tumanida yashaydi. Zoxran siyosiy faoliyatini 2015-yilda mahalliy jamoalarda ishlash orqali boshlagan.

2020-yilda u Nyu-York shtati qonunchilik organiga saylangan. 2025-yilda esa Demokratik partiyadan Nyu-York meri lavozimiga nomzod bo‘lib, saylovda g‘alaba qozondi.

Uning saylovoldi dasturi asosan arzon uy-joy, bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar bog‘chasi xodimlarining ish haqini oshirish va bepul jamoat transporti kabi tashabbuslarni o‘z ichiga olgan. Zoxran merlik davrida taksistlarning 450 million dollarlik qarzini bekor qilish, metro rivoji uchun 100 million dollar ajratish va avtobuslar bepul bo‘lishiga erishdi.

Shuningdek, ekologiyaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan gaz elektr stansiyasi qurilishiga qarshi chiqdi. Shu tariqa, Zoxran Nyu-Yorkning birinchi musulmon va afrikalik meri sifatida tarixga kirdi.

O‘xshash yangiliklar

Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning yangi turini kashf etdi
Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning yangi turini kashf etdi
Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning ilgari fanga noma’lum bo‘lgan yangi turini kashf etishdi. Excidobates perplexus deb nomlangan ushbu mitti jonivorning uzunligi
DunyoBugun, 03:46
Tramp millionlab amerikaliklarga bir martalik moddiy yordam beradi
Tramp millionlab amerikaliklarga bir martalik moddiy yordam beradi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Medicare davlat tibbiy sug‘urta tizimidan foydalanuvchi 20 milliondan ortiq fuqaroga 90 dollardan bir martalik moddiy yordam berilishini e’lon
DunyoBugun, 03:10
Xitoyda o'ttiz ikki yil avval o'g'irlangan bola topildi
Xitoyda o'ttiz ikki yil avval o'g'irlangan bola topildi
Xitoyda 1988-yilda o‘g‘irlab ketilgan Mao Yin ismli bola oradan 32 yil o‘tib, onasining tinimsiz izlanishlari va zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘z oilasini topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:47
Qirg'iziston chegarada vabo sababli sanitariya nazoratini kuchaytirdi
Qirg'iziston chegarada vabo sababli sanitariya nazoratini kuchaytirdi
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiya hududida vabo kasalligi aniqlangani haqidagi xabarlar ortidan davlat chegarasidagi barcha o‘tkazish punktlarida sanitariya-karantin nazoratini
DunyoBugun, 02:33
Hindistonda olti avloddan iborat ulkan oila ahillikda yashamoqda
Hindistonda olti avloddan iborat ulkan oila ahillikda yashamoqda
Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida istiqomat qiluvchi Nagappa xonadoni olti avlod vakillarini bir tom ostida birlashtirgani bilan butun dunyo e’tiborini tortmoqda.
DunyoBugun, 01:51
Ilhom Aliyev jahon siyosatiga ta'sir etuvchi ikki kuchni aytdi
Ilhom Aliyev jahon siyosatiga ta'sir etuvchi ikki kuchni aytdi
Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev xalqaro maydondagi geosiyosiy vaziyat va mamlakatning tashqi siyosiy yo‘nalishi borasida muhim bayonot bilan chiqdi. Davlat rahbari
DunyoBugun, 01:30