Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Filippinda "Kalmegi" tayfuni: 66 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
36
Filippinda
2025-yil 5-noyabr kuni Filippinning markaziy hududlariga "Kalmegi" tayfuni urilishi oqibatida kamida 66 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 400 mingdan ortiq odam xavfsiz joylarga ko‘chirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

BBC xabariga ko‘ra, eng ko‘p zarar Sebu orolida kuzatilgan. Ushbu hududda butun qishloqlar suv ostida qolgan.

Hozirda 26 kishi bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilindi. Qurbonlarning asosiy qismi suv toshqini paytida halok bo‘lgan.

Sebu provinsiyasida favqulodda holat e’lon qilindi. Tayfun davomida shamol tezligi soatiga 130 kilometrga yetgan.

Bu esa uylarning vayron bo‘lishiga, yo‘llarning avtomobillar va binolar qoldiqlari bilan to‘lib ketishiga olib kelgan. Qutqaruv ishlari davomida harbiylar aviatsiyani ham jalb qilishdi.

Biroq, bir vertolyot halokatga uchrab, undagi olti nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Mahalliy aholining aytishicha, suv darajasi kutilmaganda tez ko‘tarilgan.

Mandaue shahri aholisi: "Uyimiz loy bilan to‘lib ketgan, qayerdan tozalashni boshlashni bilmayapmiz", deb izhor qilishgan. Hozirda tayfun kuchsizlanib, Janubiy Xitoy dengizi tomon harakatlanmoqda.

Yaqin kunlarda uning Vyetnamga yetib borishi kutilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026