Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+19°
bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Jurnalistning savoli ortidan ishdan bo‘shatilishi muhokamada

Dunyo
30
Jurnalistning savoli ortidan ishdan bo‘shatilishi muhokamada
Italiyaning Nova axborot agentligi muxbiri Gabriele Nunsiati Yevropa komissiyasining matbuot anjumanida G‘azo bo‘yicha savol berganidan so‘ng ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu voqea 13-oktyabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda yuz berdi. Jurnalist Nunsiati Yevrokomissiya rasmiylaridan urushdan keyingi G‘azoni qayta tiklash uchun tovon to‘lash masalasini ko‘tarib, Yevropa Ittifoqining Rossiyadan Ukraina uchun tovon talab qilayotganini eslatgan.

U shuningdek, “Bu tamoyil Isroilga ham tegishlimi?” degan savolni bergan. Ammo Yevrokomissiya vakili Paola Pigno bu savolga javob berishni rad etgan.

Oradan bir necha kun o‘tib, Yevroparlament a’zosi Gaetano Pedulla jurnalistning ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Nunsiati bu xabarni Anadolu agentligiga tasdiqlagan bo‘lsa-da, tafsilotlarni oshkor etishni istamagan.

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen ilgari ham Isroilni ochiq qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqidga uchragan edi. Ushbu voqea esa Yevropa matbuot erkinligi bo‘yicha yangi muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Matbuot erkinligi va jurnalistlarning mustaqil faoliyat yuritishi borasidagi masalalar yana kun tartibiga chiqdi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026