ENRU

Singapur internet firibgarligiga qarshi jazo choralarini kuchaytirdi

Dunyo
26
Singapur internet firibgarligiga qarshi jazo choralarini kuchaytirdi
Singapur parlamenti internet firibgarligiga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida yangi jazo choralarini tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda internetda firibgarlik qilgan shaxslar qamoq jazosi bilan birga jismoniy jazo — tayoq bilan kaltaklanish orqali ham jazolanadi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarmida Singapurda o‘n minglab firibgarlik holatlari qayd etilgan va ulardan yetkazilgan moliyaviy zarar 385 million dollardan oshgan. Ichki ishlar vaziri Sim Ennning ta’kidlashicha, har bir aybdorga kamida olti marta tayoq bilan jazo beriladi.

Ushbu jarayon tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng maxsus moslamalarda amalga oshiriladi. Jazoda ishlatiladigan tayoqlar uzunligi 60–120 sm, qalinligi esa 4–13 mm bo‘lgan egiluvchan materiallardan tayyorlanadi.

Shu bilan birga, qonun 50 yoshdan oshgan erkaklar va barcha ayollarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Yangi tartib firibgarlik holatlarini kamaytirish, fuqarolarni himoya qilish hamda mamlakatning moliyaviy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Italiya hududida yadroviy tiyib turish bo‘yicha o‘zining har yilgi an’anaviy «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi.
DunyoBugun, 11:33