ENRU

Chexiyalik Natali Pushkinova “Dunyo go‘zali 2025” g‘olibi bo‘ldi

Dunyo
47
Chexiyalik Natali Pushkinova “Dunyo go‘zali 2025” g‘olibi bo‘ldi
Filippin poytaxti Manila shahrida o‘tkazilgan “Dunyo go‘zali 2025” tanlovida Chexiya vakili Natali Pushkinova g‘olib deb topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Critical Beauty Philippines nashri xabar berdi. 21 yoshli Pushkinova Praga shahri yaqinida istiqomat qiladi va Karl universitetida “Marketing kommunikatsiyalari va ommaviy aloqalar” yo‘nalishida tahsil oladi.

U bir necha yildan buyon model sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Tanlovning final bosqichida 79 mamlakat vakilalari ishtirok etdi.

“Havo malikasi” unvoniga Islandiya vakilasi Sollis Vala Ivarsdottir, “Suv malikasi” unvoniga Vetnam vakilasi Chin Mi An, “Olov malikasi” unvoniga esa Tailand vakilasi Vari Ngamkham sazovor bo‘ldi. Eng yaxshi ko‘rinish uchun mukofot Kolumbiya vakilasiga, kechki libos namoyishidagi sovrin esa Kuba vakilasiga topshirildi.

Pushkinova tanlovdan so‘ng bergan intervyusida ilgari anoreksiya bilan bog‘liq muammolarga duch kelganini va model agentligi tomonidan haddan tashqari vazn yo‘qotishga majburlanganini aytib o‘tdi. U ushbu davrdan keyin o‘z hayotida yangi sahifa ochganini ta’kidladi.

Shuningdek, Pushkinova rus shoiri Aleksandr Pushkin bilan uzoq qarindoshlik rishtalari bo‘lishi ehtimolini ham inkor etmadi. “Dunyo go‘zali” tanlovi 2001 yildan beri o‘tkazilib keladi va u “Miss Universe”, “Miss World” hamda “Miss International” kabi yirik go‘zallik musobaqalari qatoriga kiradi.

Tanlovning asosiy maqsadi go‘zallik orqali ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga e’tibor qaratishdir. G‘oliblar keyinchalik turli mamlakatlarda atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha elchi sifatida faoliyat olib boradilar.

O‘xshash yangiliklar

Germaniya suriyalik qochqinlarni himoya maqomidan mahrum etishga tayyorlanmoqda
Germaniya suriyalik qochqinlarni himoya maqomidan mahrum etishga tayyorlanmoqda
Germaniya hukumati o‘n yildan ortiq davom etgan yumshoq migratsiya siyosatiga chek qo‘yib, mamlakatdagi yuz minglab suriyalik qochqinlarning himoya maqomini ommaviy ravishda bekor qilishga
DunyoBugun, 02:34
Sindi Kroufordning o'g'li Presli Gerber vafot etdi
Sindi Kroufordning o'g'li Presli Gerber vafot etdi
Mashhur supermodel Sindi Krouford va tadbirkor Rendi Gerberning to‘ng‘ich o‘g‘li, taniqli model Presli Gerber 27 yoshida Los-Anjelesdagi sog‘lomlashtirish markazlaridan birida vafot etdi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:06
Qirg'izistondan O'zbekistonga noqonuniy go'sht olib o'tilayotgani ma'lum qilindi
Qirg'izistondan O'zbekistonga noqonuniy go'sht olib o'tilayotgani ma'lum qilindi
Qirgiziston parlamenti deputati Ulanbek Jeenbayev mamlakatdan O'zbekistonga go'sht mahsulotlari noqonuniy yo'llar bilan olib o'tilayotgani haqida bayonot berdi. Jogorku
DunyoBugun, 01:58
Boshqirdistondagi savdo majmuasida yuz bergan yong'in oqibatida to'rt kishi halok bo'ldi
Boshqirdistondagi savdo majmuasida yuz bergan yong'in oqibatida to'rt kishi halok bo'ldi
Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasi tarkibidagi Sterlitamak shahrida joylashgan Solnechniy savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasida 22-sentabr kuni yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:15
Lissabon sayyohlar uchun dunyodagi eng baxtli shahar deb topildi
Lissabon sayyohlar uchun dunyodagi eng baxtli shahar deb topildi
Portugaliya poytaxti Lissabon shahri sayyohlar uchun dunyodagi eng baxtli va huzurbaxsh manzil deb e'tirof etildi. BookRetreats platformasi tomonidan o‘tkazilgan
DunyoBugun, 00:42
Masjidul Harom muazzini Shayx Ibrohim al Madaniy vafot etdi
Masjidul Harom muazzini Shayx Ibrohim al Madaniy vafot etdi
Makka shahridagi Masjidul Harom muazzini Shayx Ibrohim bin Odil al-Madaniy 2024-yil 21-sentabr kuni 51 yoshida vafot etdi. Ushbu qayg‘uli xabarni Saudiya Arabistonining
DunyoBugun, 00:12