Bugun
Lamin Yamal yoshi Oltin to'p sovriniga to'sqinlik qilishidan xavotirda
+26°
пасмурно ветер 1 м/с, С
ENRU

Afrikada kolera epidemiyasi 23 mamlakatga tarqaldi

Dunyo
21
Afrikada kolera epidemiyasi 23 mamlakatga tarqaldi
Afrika qit’asida kolera epidemiyasi keng tarqalmoqda, deb xabar bermoqda Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC). Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

2025 yil boshidan buyon qit’adagi 23 mamlakatda ushbu infeksiya qayd etilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jami 297 mingdan oshiq kishi kasallikka chalingan, ulardan qariyb 7 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Bu o‘lim darajasining 2,3 foizga yetganini ko‘rsatadi. Eng og‘ir vaziyat Angola va Burundida kuzatilmoqda.

Mutaxassislar bu davlatlarda sanitariya sharoitining yomonligi va toza ichimlik suvining yetishmasligi epidemiyaning kengayishiga sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, Janubiy Sudan, Sudan va Kongo Demokratik Respublikasida kasallanish holatlari biroz kamaygani qayd etilgan bo‘lsa-da, bu davlatlar hali ham xavfli hududlar sirasiga kiradi.

Mutaxassislar kuchli yomg‘irlar sabab epidemiyaning yil oxirigacha yana avj olishi mumkinligini ogohlantirmoqda. Kolera — Vibrio cholerae bakteriyasi orqali yuqadigan ichak infeksiyasi bo‘lib, asosan ifloslangan suv yoki oziq-ovqat orqali tarqaladi.

Jahon miqyosida esa 32 mamlakatda 518 mingdan ortiq kasallanish holati aniqlangan, ulardan 6,5 mingdan ziyod bemor vafot etgan. Shifokorlar aholiga gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishni, faqat toza ichimlik suvidan foydalanishni va shubhali oziq-ovqat mahsulotlaridan ehtiyot bo‘lishni tavsiya etmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimlariga esa epidemiyaga qarshi tezkor choralarni kuchaytirish zarurligi eslatib o‘tilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Saida Mirziyoyeva AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
DunyoBugun, 01:10
Janubiy afrikalik shifokor ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi moslama yaratdi
Janubiy afrikalik shifokor ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi moslama yaratdi
Janubiy afrikalik shifokor Sonnet Elers ayollarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida Rape-aXe deb nomlangan maxsus moslamani ishlab chiqdi. Ushbu qurilma
DunyoBugun, 00:39
Dunyo mamlakatlarida tez tibbiy yordam xizmati uchun haq to'lash tizimi turlicha tashkil etilgan
Dunyo mamlakatlarida tez tibbiy yordam xizmati uchun haq to'lash tizimi turlicha tashkil etilgan
Dunyoning turli mamlakatlarida tez tibbiy yordam xizmati uchun haq to‘lash tizimi turlicha tashkil etilgan bo‘lib, u asosan davlatning ijtimoiy siyosati va sug‘urta tizimiga bog‘liq. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:06
Adidas yugurish sharoitiga moslashuvchi yangi aqlli krossovkalarni taqdim etdi
Adidas yugurish sharoitiga moslashuvchi yangi aqlli krossovkalarni taqdim etdi
Adidas kompaniyasi yugurish sharoitiga mos ravishda taglik qattiqligini o‘zgartirish imkonini beruvchi Adizero Gearshift krossovkasi prototipini taqdim etdi. Ushbu
DunyoKecha, 23:45
Dubaydan uchayotgan samolyotda uchuvchilar o'rtasida qurolli nizo chiqdi
Dubaydan uchayotgan samolyotda uchuvchilar o'rtasida qurolli nizo chiqdi
Dubay shahridan Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan Flydubai aviakompaniyasining samolyotida favqulodda holat yuz berdi. Parvoz vaqtida uchuvchilar o‘rtasida
DunyoKecha, 03:33
Netanyaxu samolyotda yuzlab yo'lovchilarni qutqargan qahramonni qabul qildi
Netanyaxu samolyotda yuzlab yo'lovchilarni qutqargan qahramonni qabul qildi
Dubaydan Tel-Aviv shahriga parvoz qilayotgan Flydubai aviakompaniyasining samolyotida yuz bergan favqulodda hodisa chog‘ida yuzlab yo‘lovchilar hayotini saqlab qolgan fuqaro Yaniv Hayun Isroil Bosh
DunyoKecha, 03:26