Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Ilon Mask iqlimni boshqaruvchi yangi loyihasini e’lon qildi

Dunyo
33
Ilon Mask iqlimni boshqaruvchi yangi loyihasini e’lon qildi
SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask global isish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan yangi loyihasini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan va sun’iy intellekt boshqaradigan sun’iy yo‘ldoshlar tizimi iqlim muvozanatini saqlashga xizmat qiladi. Maskning ta’kidlashicha, ushbu yo‘ldoshlar Yerga yetib kelayotgan quyosh nurlari miqdorini boshqarish orqali iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishi mumkin.

Bu haqda u o‘zining X (sobiq Twitter) platformasida ma’lum qildi. Maskning fikricha, bu tizim “geoingenering” usuliga asoslanadi va atmosfera isishi yoki sovishini nazorat qilish imkonini beradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘ldoshlar global darajada xavf tug‘dirmaydi, balki kichik va aniq tuzatishlar kiritishga mo‘ljallangan boshqaruv mexanizmi sifatida ishlaydi. Ayni paytda SpaceX kompaniyasi orbitada 9 mingdan ortiq Starlink sun’iy yo‘ldoshiga ega.

Ular hozirda asosan internet tarmog‘ini kengaytirish uchun ishlatilmoqda. Lekin kelajakda yangi avlod yo‘ldoshlari quyosh nurlarini yo‘naltirish yoki qisman to‘sish vazifasini ham bajara olishi kutilmoqda.

Ilmiy jihatdan bu loyiha “quyosh geoinjeneriyasi” deb ataluvchi soha bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalish quyosh nurlarining bir qismini Yer atmosferasiga kirishidan oldin boshqarish yoki filtrlash orqali iqlimni yumshatishni ko‘zda tutadi.

Biroq ko‘plab olimlar bunday tajribalar xavfli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha, quyosh radiatsiyasiga sun’iy ta’sir qilish global iqlim tizimida oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan salbiy o‘zgarishlarga olib kelishi ehtimoli bor.

Shu bilan birga, Maskning g‘oyasi dunyo bo‘ylab katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ayrim mutaxassislar bu loyiha ekologik inqirozlarning oldini olishda muhim qadam bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Ta’kidlash joizki, bunday ilmiy g‘oyalar ilgari ham muhokama qilingan, lekin hali amaliyotda sinovdan o‘tkazilmagan. Agar Maskning rejasi amalga oshsa, bu iqlimni boshqarish sohasida yangi davrni boshlab berishi mumkin.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026