Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Filippinda “Kalmaegi” tayfuni qurbonlari 140 kishiga yetdi

Dunyo
28
Filippinda “Kalmaegi” tayfuni qurbonlari 140 kishiga yetdi
Filippinning markaziy va janubiy hududlariga yopirilgan kuchli “Kalmaegi” tayfuni mamlakat tarixidagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan biri sifatida qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ofat oqibatida kamida 140 kishi halok bo‘lgan, yana 127 nafar fuqaro bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mahalliy hukumat manbalariga tayanib, AFP axborot agentligi xabar berdi.

Filippin Fuqarolik mudofaasi milliy boshqarmasi hozirgacha 114 nafar qurbonni tasdiqladi. Shu bilan birga, Sebu viloyati hokimligi yana 28 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

“Associated Press” agentligining yozishicha, mamlakat Prezidenti Ferdinand Markos vaziyatning og‘ir ekanini inobatga olib, butun Filippin bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilgan. Tabiiy ofat kuchli yomg‘ir, dovul va baland to‘lqinlar bilan birga kelib, qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchi aholini katta xavf ostida qoldirdi.

Qariyb 400 ming kishi xavfli hududlardan evakuatsiya qilindi. Dengizdagi to‘lqinlar balandligi 4 metrgacha yetgani qayd etilgan.

Ayni vaqtda tayfun Vetnam yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanmoqda. Ma’lumki, Filippin har yili o‘rtacha 20 ga yaqin tayfunni boshdan kechiradi.

2025-yilda esa bu ko‘rsatkich sezilarli darajada oshgan bo‘lib, yilning qolgan qismida yana 3–5 ta yangi tayfun kuzatilishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, “Kalmaegi” tayfuni sabab avvalroq 66 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Hozirgi kunda qurbonlar soni oshib borayotgani va qutqaruv ishlari davom etayotgani ma’lum qilindi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026