Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Tayfun Kalmaegi: Vyetnam va Filippinda halokatli zarar

Dunyo
33
Tayfun Kalmaegi: Vyetnam va Filippinda halokatli zarar
Tayfun Kalmaegi payshanba kuni Vyetnam hududiga yetib keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlab Filippinda kuchli zarar yetkazgan bu tabiiy ofat kamida 114 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, bir nechta shaharchalarni suv bosdi. Vyetnam hukumati ma’lumotiga ko‘ra, tayfun sababli 260 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar favqulodda vaziyatlarga tayyor holatda safarbar etilgan.

Sohil hududlarida shamol tezligi 149 km/soatga yetgan. Quy Nhon va Gia Lai viloyatlarida kuchli shamollar uylarning tomlarini uchirib, daraxtlarni yiqitib yubordi, mehmonxonalar oynalari singan.

Ob-havo xizmati bir necha viloyatlarda sel va ko‘chkilar xavfi borligini ogohlantirdi. Shuningdek, tayfun dengizda 8 metr balandlikdagi to‘lqinlar hosil qilishi mumkinligi haqida ma’lum qilindi.

Filippinda tayfun ayniqsa Chebu oroliga kuchli zarar yetkazdi. Kamida 114 kishi halok bo‘ldi, o‘n minglab odamlar xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.

Ko‘plab uylar va transport vositalari suv ostida qolgan. Mamlakat Prezidenti Ferdinand Markos favqulodda holat e’lon qilib, yordam yetkazish ishlarini boshladi.

Vyetnamda esa evakuatsiya ishlari davom etmoqda. Hukumat va harbiylar zarur oziq-ovqat, ichimlik suvi va boshqa ehtiyojlarni aholiga yetkazmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dengiz sathining ko‘tarilishi baliqchilik fermalari va qirg‘oq hududlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli ehtiyot choralarini ko‘rish davom etmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026