Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik tadbirkor noqonuniy kafe fosh bo‘ldi

Dunyo
26
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik tadbirkor noqonuniy kafe fosh bo‘ldi
Sankt-Peterburg shahrining Nevskiy tumanidagi Dybenko ko‘chasida joylashgan yarim yerto‘la kafeda noqonuniy spirtli ichimliklar savdosi amalga oshirilgani aniqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur holat huquqni muhofaza qilish organlari e’tiborini tortib, kafega reyd o‘tkazildi. Tekshiruv davomida kafening tegishli litsenziyasiz faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi.

Politsiya xodimlari tomonidan mashhur brendlarning bo‘sh shishalariga to‘ldirilgan va qimmatbaho viski, jin hamda konyak sifatida taqdim etilgan soxta spirtli ichimliklar aniqlangan. Shuningdek, kafeda migratsiya qonunchiligi bir necha bor buzilgani qayd etildi.

Buzuvchilar orasida nafaqat mijozlar, balki kafe xodimlari, shu jumladan, 39 yoshli o‘zbekistonlik kafe egasi ham bor edi. Tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, kafe egasi ilgari ham sudlangan.

U javobgarlikdan qochishga urinib, politsiya xodimlaridan biriga pora taklif qilgan. Tadbirkor 100 ming rublni politsiya formasining cho‘ntagiga yashirincha joylashtirishga urindi.

Ammo bu harakatlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi – u darhol ushlanib, pul daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi. Soxta spirtli ichimliklar ekspertizaga yuborildi.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya tergov organlari pora taklif qilishga urinish va boshqa qonunbuzarliklar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Kafeda noqonuniy bo‘lib turgan chet ellik fuqarolar esa migratsiya qonunchiligiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortildi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29