ENRU

MaineHealth 531 bemorga noto‘g‘ri vafot xabari yubordi

Dunyo
23
MaineHealth 531 bemorga noto‘g‘ri vafot xabari yubordi
AQShning Men shtatidagi MaineHealth tibbiy muassasasi tomonidan 531 nafar bemorga noto‘g‘ri xabar yuborildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xabarda bemorlarning vafot etgani haqida ma’lumot berilib, ularning yaqinlariga mulkiy ishlar va meros masalalarini hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar ham ilova qilingan. Ushbu holatga The Guardian nashri e’tibor qaratdi.

Tez orada MaineHealth vakillari ushbu xatolik yuzasidan rasmiy bayonot berib, muammo IT-tizimdagi texnik nosozlik sababli yuzaga kelganini ma’lum qildi. Ular bemorlardan uzr so‘rab, bunday xatolik bartaraf etilganini ta’kidlashdi.

Shuningdek, barcha bemorlarning tibbiy ma’lumotlar bazasida ularning tirik ekanligi haqidagi yozuvlar saqlanib qolganini qayd etishdi. Mazkur voqea ko‘plab kishilarni hayratga soldi.

CBS13 telekanaliga intervyu bergan anonim bemor ushbu xabarni olganida qattiq hayajonlanganini aytib o‘tdi. U shifoxonaga qo‘ng‘iroq qilganida xodimlar uning tirik ekanidan mamnun ekanliklarini bildirgan.

Bemor esa bu holat uning tibbiy ma’lumotlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Shu tariqa, bir necha daqiqaga “rasman vafot etganlar” ro‘yxatiga tushib qolgan yuzlab bemorlar ushbu voqeadan qattiq shok holatini boshdan kechirdi.

MaineHealth esa bunday xatolik takrorlanmasligi uchun zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoBugun, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44