Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Gunvor “Lukoyl” aktivlarini sotib olishdan voz kechdi

Dunyo
25
Gunvor “Lukoyl” aktivlarini sotib olishdan voz kechdi
Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan xalqaro neft savdo kompaniyasi Gunvor Group Ltd. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rossiyaning yirik xususiy neft-gaz korporatsiyasi “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olish rejasidan voz kechganini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya 6-noyabr kuni o‘zining rasmiy sahifasida bayonot berdi.

Gunvorning bu qarori AQSH Moliya vazirligining kompaniyaga nisbatan qattiq bayonotidan ko‘p o‘tmay ma’lum bo‘ldi. AQSH rasmiylari Gunvorni Rossiya bilan aloqalarni saqlab qolishda ayblab, Ukrainadagi urush tugamaguncha kompaniyaga faoliyat yuritish uchun litsenziya berilmasligini bildirdi.

Rasmiy bayonotda Rossiyaning tajovuzkor siyosati qoralangan va sanksiyalar davom ettirilishi ta’kidlangan. Gunvor o‘z navbatida bu ayblovlarni rad etib, Rossiya bilan aloqalarni o‘n yil oldin uzganini eslatdi.

Kompaniya o‘z faoliyati va mulkdorlar haqida har doim ochiq ma’lumot berib kelganini, shuningdek, Ukrainadagi urushni qoralab, xalqaro sanksiyalar talablariga qat’iy rioya qilganini ma’lum qildi. Shunga qaramay, Gunvor “Lukoyl”ning xorijiy aktivlarini sotib olish bo‘yicha taklifini rasman qaytarib oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Lukoyl” Rossiyaning yirik xususiy kompaniyalaridan biri bo‘lib, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalar ostiga olingan. Avvalroq, 30-oktabr kuni “Lukoyl” Gunvor bilan xorijiy biznesni sotish bo‘yicha kelishuv haqida xabar bergan edi.

Ammo bu bitim xalqaro hamjamiyat tomonidan Rossiya kompaniyalariga qarshi joriy etilgan cheklovlarni aylanib o‘tish urinishi sifatida baholandi. Gunvor tarixiga nazar solinsa, kompaniya 2000-yilda rossiyalik tadbirkor Gennadiy Timchenko va shved ishbilarmoni Torbyorn Tyornkvist tomonidan tashkil etilgan.

2014-yilda, Qrim anneksiyasi tufayli xalqaro sanksiyalar kuchga kirishidan oldin, Timchenko o‘z ulushini sherigiga sotgan va kompaniyadan chiqqan. Shundan so‘ng Gunvor Rossiyadagi barcha aktivlarini sotganini e’lon qilgan.

So‘nggi vaqtlarda AQSH va Buyuk Britaniya Rossiya kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qildi. Bu choralarga “Lukoyl” va “Rosneft” kompaniyalari hamda ularning sho‘ba korxonalari kiritildi.

London bu kompaniyalarni Rossiya hukumatining strategik iqtisodiy tayanchi sifatida ko‘rib, ularga nisbatan aktivlarni muzlatish va boshqa cheklovlar qo‘lladi. Shunday qilib, xalqaro bosimlar natijasida Gunvor va “Lukoyl” o‘rtasidagi kelishuv amalga oshmay qoldi.

Bu holat Rossiya iqtisodiyotining global tizimdagi izolyatsiyasini kuchaytirib, xalqaro sanksiyalar siyosati samarali bo‘lib qolayotganini yana bir bor isbotladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026